Tavsif
Dunyoga mashhur Oksford universitetining Saïd Business School maktabi Biznes boshqaruvi (MBA) yoʻnalishi uchun bir yillik magistratura kursini grant asosida oʻqish imkonini taqdim etadi.
Tijoriy maqsaddan koʻra jamiyat manfaatini ustun qoʻygan hamda amaliy loyihalari bilan buni isbotlab kelayotgan barcha davlat fuqarolari dasturga ariza topshirishi mumkin. Kollejlardan birini bu yerda tanlash mumkin.
Eng munosib deb topilgan 4 ta nomzod grant sohibiga aylanibgina qolmay, magistratura kursini bepul oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadi hamda yashash xarajatlarini qisman qoplovchi stipendiya bilan taʼminlanadi.
Bundan tashqari, gʻoliblar Skoll Scholar hamjamiyatining, innovatsion gʻoyalari orqali butun dunyoga ijobiy taʼsir koʻrsatib kelayotgan yetakchilar guruhining, bir aʼzosiga aylanish; mashhur tadbirkorlar va investorlar bilan oʻtkaziluvchi eksklyuziv uchrashuvlarda mehmon sifatida qatnashish huquqiga ega boʻladilar.
Dastur broshyurasi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Umumiy dastur haqida esa bu yerda o'qish mumkin.