Oxford va Cambridge yozgi maktablarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi “Immerse Education” insholar tanlovi

Oxford va Cambridge yozgi maktablarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi “Immerse Education” insholar tanlovi

  • 10/04/2024 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 12.09.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    13 yoshdan 18 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

13-18 yoshli oʻquvchilarga tanlagan fanlari boʻyicha oldindan taqdim etilgan savollar yuzasidan insho yozish imkoniyatini beruvchi “Immerse Education” insholar tanlovi munosiblarni Oxford, Cambridge, Sidney yоki Lоndоn universitida yozgi maktabni oʻtashga chorlaydi. Belgilangan yosh oraligʻidan oshmaydigan istalgan millat oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin. Biroq javoblar mazmuni oʻquvchilarning sohaga doir qiziqishlarini aks ettirishi lozim.

Tanlov ikki xil yosh toifasida boʻlib oʻtadi.

13-15 yosh oraligʻidagi nomzodlar uchun yoʻlishlar:

  • Architecture;
  • Artificial Intelligence;
  • Business;
  • Management;
  • International Relations;
  • Law;
  • Medicine;
  • Computer Science;
  • Creative Writing;
  • Economics;
  • Engineering;
  • Physics;
  • Рsychоlоgy;
  • Рhilоsорhy;
  • Natural Sciences;
  • Veterinary studies;
  • Film studies.

16-18 yosh oraligʻidagi nomzodlar uchun yoʻnalishlar:

  • Architecture;
  • English Literature;
  • Engineering;
  • Biology;
  • Female Future Leaders;
  • History;
  • International Relations;
  • Chemistry;
  • Business;
  • Management;
  • Computer Science;
  • Law;
  • Creative Writing;
  • Mathematics;
  • Economics;
  • Medicine;
  • Philosophy;
  • Psychology.

Har bir yoʻnalishga tegishli insho mavzulari bilan quyidagi havolaga oʻtish orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • 2024-yilning yozigacha 13-18 yosh oraligʻida boʻluvchi barcha millat vakillari ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari

Eng munosib deb topilgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Gʻolib 10 nafar ishtirokchiga Oxford, Cambridge, Sindey yoki Londonda 100% grant asosida yozgi maktabda oʻqish imkoniyati;
  • Gʻolib boʻlmagan, biroq insholari sifatli deb topilgan ishtirokchilar jami arizachilar miqdoridan kelib chiqib, 20% va 50% gacha grant bilan taʼminlanishi mumkin.

Yozgi maktabda qatnashish haqi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Cambridge, Oxford, Sidney, London universitetining markaziy kollejida 2 haftalik turarjoy bilan taʼminlash;
  • Nonushta va kechki ovqat;
  • Bir kishilik yotoqxonada yashash;
  • Cambridge yoki Oxford universiteti oʻqituvchilaridan 40 soatlik akademik mashgʻulotlar;
  • Puxta ishlab chiqilgan oʻquv va maʼruza materiallari;
  • Mentorlik dastur va qoʻshimcha materiallardan foydalanish imkoniyati;
  • Barcha ekskursiyalar, shu jumladan, rasmiy kechki ovqat, qayiqda suzish, kroket;
  • Toʻliq sugʻurta;
  • Murrabiy nazorati ostidagi 2 ta avtobus sayohati, shu jumladan, Oksfordga sayohat;
  • Bitiruv marosimi va sertifikat;
  • Oʻqituvchining yozma bahosi.

Eslatma: borish-kelish xarajatlarini ishtirokchilar oʻzlari qoplashlari kerak.

Hujjat topshirish

Hujjat topshirishda nomzodlar quyidagilarga rioya etishlari lozim:

  1. Belgilangan muddatga qadar online arizani toʻldirish;
  2. Insholarni biriktirishdan oldin inshо haqida maxsus beрul yoʻriqnoma bilan tanshib chiqish uchun ushbu havоla оrqali rоʼyxatdan оʼtish lоzim. Maxsus yоʼriqnоma va inshо yоzish bоʼyicha kоʼrsatmalar rоʼyxatdan оʼtgan email оrqali yubоriladi.

Insho yozish boʻyicha kerakli tavsiyalarni ushbu havola orqali olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Yanada koʻproq maʼlumotlarni:

Buyuk Britaniya
Oxford va Cambridge yozgi maktablarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi “Immerse Education” insholar tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar