18 yoshdan kattalar uchun dasturlash va matematika boʻyicha tanlov — Yandex Coding and Math Contest 2026
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Apr, 2026 · Muddat tugagan

18 yoshdan kattalar uchun dasturlash va matematika boʻyicha tanlov — Yandex Coding and Math Contest 2026

Xalqaro musobaqalar Bepul ishtirok

Tavsif

18 yoshdan kattalar uchun dasturlash va matematika boʻyicha tanlov — Yandex Coding and Math Contest 2026 taqdim etiladi.

Tanlov 2 bosqichdan iborat: oflayn va onlayn. Har ikkala bosqichda ham ishtirokchilar ingliz tilida olimpiada darajasidagi algoritmik va matematik vazifalarni yechishadi yaʼni har bir bosqichda 8-10 ta dasturlash va matematika vazifalari bajarilishi rejalashtirilgan.

30 nafargacha ishtirokchi oflayn final bosqichiga taklif etiladi. Olimpiada darajasidagi masalalar Yandex muhandislari va Yandex Maʼlumotlar Tahlili Maktabi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.

Eng yaxshi ishtirokchilar Yandex mukofotlariga ega boʻladilar va Yandex texnologik dasturlariga ariza topshirishda eksklyuziv imkoniyatlarga ega boʻlishadi. Dastur davomida nomzodlar algoritmlar, mashinaviy oʻrganish va muammolarni hal qilishga qiziqqan dasturchilar, matematiklar va muhandislar bilan aloqa oʻrnatishadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Oʻzbekistondagi 18 yoshdan katta oliy oʻquv yurtlari talabalari, dasturchilar, muhandislar va IT mutaxassislari qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, ehtimollar va statistika, chiziqli algebra hamda matematik analizni yaxshi bilishi kerak;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • 1-5-oʻrinlar uchun Yandex ML School Uzbekistanga kirish (Fast track)va Yandex Uzbekistan kompaniyasida amaliyot oʻtash imkoniyati;
  • 6-30-oʻrinlar uchun 1 yillik Yandex Plus obunasi va eksklyuziv sovgʻalar taqdim etiladi;
  • Kuchli ishtirokchilar bilan tanishish;
  • Yandex kompaniyasi nazariga tushish imkoniyati;
  • Tashkilotchilar tomonidan maxsus sovrinlar beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar:
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Taʼlim va kasbi boʻyicha maʼlumotlar;
  • Biladigan dasturlash tillari;
  • Qiziqadigan mavzulari.

Ariza topshirish bosqichlari:

  • Onlayn ariza topshirish;
  • Kodlash boʻyicha tanlov;
  • Matematika boʻyicha tanlov.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim sanalar:

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 25-aprel 2026-yil;
  • Onlayn tanlov: 2026-yil 26-aprel. Bunda ishtirokchilar 8-10 ta algoritmik dasturlash va matematika masalalarini yechadi;
  • 2026-yil 15-maygacha onlayn bosqich natijalari yakunlanadi va eng yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilarga taklifnomalar yuboriladi;
  • Oflayn final: 2026-yil 22-may. Bunda ishtirokchilar 8-10 ta algoritmik dasturlash va matematika masalalarini yechadi;
  • Oflayn taqdirlash marosimi: 2026-yil 23-may;
  • Natijalar veb-saytda eʼlon qilinadi: 2026-yil 1-iyungacha.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 18 yoshdan kattalar uchun dasturlash va matematika boʻyicha tanlov — Yandex Coding and Math Contest 2026
24 Apr, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.