16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Fev, 2026 · Muddat tugagan

16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

“Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, koʻnikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi va har bir bosqich gʻoliblari bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, Respublika bosqichi gʻoliblari Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli oʻquv kurslarida bepul tahsil oladi. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar boʻyicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu talablarga javob berish lozim:

  • Ushbu tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
  • Aniq bir gʻoya yoki loyihaga ega boʻlishi kerak;
  • IQ test natijasi 110 balldan past boʻlmasligi lozim;
  • Turli tanlovlarda gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega boʻlishi talab etiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-bosqichning gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom;
  • 2-bosqichning bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom;
  • 3-bosqich gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.

Shu bilan birga, Respublika bosqichi gʻoliblari Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli oʻquv kurslarida bepul tahsil oladi. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar boʻyicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • 1-bosqich. Fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda oʻtkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqichga yoʻllanma oladi;
  • 2-bosqich. Aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar nomzodlar navbatdagi bosqichga yoʻllanma oladi;
  • 3-bosqich. May oyida oʻtkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan 100 nafar yosh tanlovning Respublika bosqichi gʻolibi deb topiladi.

Qoʻshimcha murojaatlar rasmiy sahifaning soʻnggi qismida qabul qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovi
24 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.