Barcha talabalar va oʻquvchilar uchun “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumi

Barcha talabalar va oʻquvchilar uchun “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumi

  • 08/08/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 24/08/2024 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Magistr talabasi, PhD talabasi
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini eʼlon qiladi.

Tanlovni oʻtkazishdan maqsad talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob mutolaasini keng targʻib qilishdan iborat. Tanlovning asosiy vazifasi talaba-yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, aholi hamda yoshlarning dunyoqarashi, soʻz boyligini kengaytirish, ijtimoiy faolligi va millat taqdiriga daxldorligini oshirish, kitobxonlik madaniyati, savodxonligini rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

Tanlovda ishtirokchilarga, Deyl Karnegining “Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir etish xususida” kitobi hamda Javlon Jovliyevning “Qoʻrqma” romani oʻqish uchun vazifa qilib beriladi. Kitoblarni oʻqish uchun 15 kun vaqt beriladi. Belgilangan vaqt yakunlangach, 24-avgust kunidan boshlab, 3 kun davomida har kuni 50 tadan (jami 150 ta) vazifa qilib berilgan kitoblar asosida tuzilgan test savollari @kitobtanlovbot manzilida berib boriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda Respublikamizdagi barcha (davlat, xorijiy, xususiy) oliy taʼlim muassasalari talabalari (bakalavr va magistr) hamda oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tyutorlar, shuningdek, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)da tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar qatnashishi mumkin;
  • Ishtirokchilar belgilangan muddatgacha talab qilingan kitoblarni oʻqishlari va ular asosi tuzilgan testlarni yechishlari lozim;
  • Har bir nomzod faqat bitta profildan ishtirok etishi kerak;
  • Nomzodlar Telegramdagi maxsus bot orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishlari va taqdim qilinadigan maxsus havolani ulashish orqali tanlov targʻibotida qatnashib, kamida +5 referal ball yigʻishlari talab qilinadi.

Muhim: Tanlov davomida ishtirokchining 2 yoki undan koʻp profillardan ishtirok etayotganligi aniqlansa, tanlovdan chetlatiladi va natijasi bekor qilinadi. Tanlovning oʻtgan mavsumlarida qatnashgan gʻolib va sovrindorlar qatnashishi mumkin emas.

Foydali tomonlari

Tanlov gʻolib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin (1 nafar) – Noutbuk (Acer, core i5) va I darajali diplom;
  • 2-oʻrin (2 nafar) – Smart televizor (45 dyumm) va II darajali diplom;
  • 3-oʻrin (3 nafar) – Planshet (4/64) va III darajali diplom;
  • 4-oʻrin (4 nafar) – Samsung smartfon va sertifikat;
  • 5-oʻrin (10 nafar) – RedMi smartfon va sertifikat;
  • “Eng faol targʻibotchi” nominatsiyasi gʻoliblari (10 nafar) – RedMi smartfon va sertifikat.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istagan ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali roʻyxatdan oʻtib, 24-avgustga qadar 2 ta kitobni oʻqishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak. Test yakunida eng koʻp ball toʻplagan 120 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

Muhim: Tanlov targʻibotida faol boʻlib, eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan, 24-aprel kuni soat 23:59 dagi yakuniy natijalarga koʻra referal boʻyicha TOP-30 talikka kirgan ishtirokchilar ham tanlovning final bosqichida ishtirok etish imkoniga ega boʻladi.

Tanlovning final bosqichida Toshkent shahridagi ishtirokchilar Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi binosiga, viloyatdagi ishtirokchilar esa oʻz hududlaridagi belgilangan manzillarga shaxs guvohnomasi, yaʼni pasport bilan borib, final testini ishlashlari kerak boʻladi.

Eslatma: Tanlov davomida tashkilotchilar ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishini (onlayn yuborishini) talab qilish hamda yuqori oʻrindagi ishtirokchilarning natijalariga shubha paydo boʻlganida ular bilan videochat orqali bogʻlanib, qoʻshimcha savol-javob oʻtkazish vakolatiga ega.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 24-avgust, 2024-yil;
  • Ariza topshirishdan oldin tanlov nizomi bilan toʻliq tanishib chiqish lozim.
Oʻzbekiston
Barcha talabalar va oʻquvchilar uchun “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar