AQShda magistratura bosqichini xarajatlari toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Fulbright Foreign Student Program xalqaro grant tanlovi

AQShda magistratura bosqichini xarajatlari toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Fulbright Foreign Student Program xalqaro grant tanlovi

  • 06/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 25/05/2024 18:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Fulbright Foreign Student Program dasturi bakalavr bitiruvchi bosqich talabalari va yosh mutaxassislar uchun AQShda 2 yillik magistratura bosqichida oʻqish imkoniyatini beradi. Dasturga talabalar butun dunyo boʻylab qabul qilinadi.

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi 2025-2026-oʻquv yillari uchun magistratura bosqichini AQShning nufuzli oliygohlarida davom ettirish imkoniyatini taqdim etuvchi Fulbright Foreign Student Program dasturiga qabul jarayoni boshlanganini maʼlum qildi.

Dasturda nomzodlar tibbiyotning bemorni davolash yoʻnalishidan boshqa barcha yoʻnalishlar boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish uchun ishtirok eta oladilar. Tibbiy sohasida bakalavr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar kimyo, biologiya, sogʻliqni saqlash yoki kasalxona boshqaruvi yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichini davom ettirish uchun ariza topshirishlari mumkin boʻladi.

Dasturda ishtirok etish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar:

  • Accounting/Finance;
  • Agriculture;
  • Architecture;
  • Biology;
  • Biomedical Engineering;
  • Business;
  • Chemistry;
  • Computer Science;
  • Crop Sciences;
  • Economics;
  • Education;
  • Engineering;
  • Environmental Sciences;
  • Information Sciences/Systems;
  • International Relations;
  • Labor/Industrial Relations;
  • Language Teaching, Law;
  • Library Science;
  • Mathematics;
  • Physics;
  • Political Science;
  • Public Administration;
  • Public Health;
  • Transportation.

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi va ishtirokchilar oylik stipendiya va turarjoy bilan ham taʼminlanadi.

Maqbullik shartlari

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi, ariza berish va saralash jarayonida mamlakatda istiqomat qilishi kerak;
  • Bakalavr taʼlimini tugatgan va bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim;
  • Kamida 2 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlishi shart;
  • AQShda oʻqish uchun yetarli darajada ingliz tilini bilishi lozim. Til sertifikati topshirish majburiy emas. Hujjat topshirish bosqichidan oʻtgan nomzodlar uchun alohida TOEFL va GRE / GMAT imtihonlari tashkil etiladi;
  • Aniq maqsad, yuqori motivatsiya va yetakchilik salohiyatining boʻlishi kerak;
  • Kelajak maqsadlari Oʻzbekistonga foyda keltiradigan sohalar bilan oʻzaro bogʻliq boʻlishi lozim;
  • Akademik salohiyatning yuqori boʻlishi talab etiladi.

Ariza topshiruvchilardan quyidagilar kutiladi:

  • Oʻzbekistoning oʻziga xos madaniy jihatlarini Amerika fuqarolari bilan boʻlishish. Shuningdek, AQSh haqida koʻproq oʻrganish istagi bilan bir qatorda madaniyatlararo elchilik mahoratini namoyish etish;
  • Darsdan tashqari mashgʻulotlarida va jamoat ishlarida faol boʻlish;
  • Fulbright dasturini rivojlantirish va oʻz yurtiga qaytish.

Eslatma: dasturda tibbiyotning davolash ishi yoʻnalishi boʻyicha nomzodlar ariza topshira olmaydi. Tibbiy sohasida bakalavr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar kimyo, biologiya, sogʻliqni saqlash yoki kasalxona boshqaruvi yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichini davom ettirish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturning manfaatli jihatlari:

  • J-1 vizasiga ega boʻladi;
  • Oʻqish va u bilan bog'liq toʻlovlardan ozod etiladi;
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi;
  • Oylik stipendiya bilan taʼminlanadi;
  • Kitob va materiallar uchun qo'shimcha mablagʻ ajratiladi;
  • AQShga borish-kelish aviachiptasi bilan taʼminlanadi.

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar onlayn ariza toʻldirishlari va kerakli hujjatlarni taqdim etishlari kerak. Ariza topshirish quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Roʻyxatdan oʻtish va shaxsiy profil yaratish;
  • Kerakli maʼlumotlarni toʻldirish va hujjatlarni taqdim etish.

Eslatma: Dasturga ariza topshirayotgan har bir sahifa yakunlangan soʻng uni qayta tahrirlashning imkoni mavjud emas. Shuning uchun nomzodlardan ehtiyotkorlik talab etiladi.

Tavsiyanomalar ham ariza topshirish jarayonida taqdim etilishi mumkin. Yoki tavsiya beruvchilar ushbu sahifa orqali tavsiyanoma namunasini yuklab olishlari va “Additional Documentation section” qismiga “Supplemental Materials” sifatida muddatdan kech qolmagan holda taqdim etishlari mumkin boʻladi. Tavsiyanomalar oʻzbek yoki rus tilida boʻlgan taqirda inglizcha tarjimasi bilan birgalikda “Additional Documentation section” qismiga “Additional Documentation” sifatida taqdim etish lozim.

Dasturga ariza topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha maʼlumotlar:

  • Toʻldirilmagan yoki kechiktirilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi;
  • Ariza topshiruvchilarning oʻtgan-oʻtmaganligi uchun aniq bir sabab koʻrsatilmaydi;
  • Barcha grant yutganlar oʻz vatanlariga J-viza talablariga muvofiq grantlarini tugatgandan soʻng kamida ikki yil davomida qaytib kelishlari kerak;
  • Arizaning biron bir qismida plagiat aniqlansa qabul qilinmaydi;
  • Fulbright dasturi ariza hujjatlarida keltirilgan har qanday maʼlumotlarni tekshirish huquqini oʻzida saqlab qoladi;
  • Hujjatlaridagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlansa, ariza topshiruvchining Fulbright tanlovidagi ishtiroki toʻxtatiladi;
  • Qabul qilingan nomzodlarga yakuniy javoblar yuboriladi;
  • Ariza topshirish muddati tugagandan soʻng, barcha yuborilgan onlayn arizalar texnik koʻrikdan oʻtkaziladi;
  • Texnik koʻrikdan oʻtgan arizalar keyinchalik mustaqil dastur standartlariga koʻra oʻquv paneli tomonidan koʻrib chiqiladi;
  • Soʻngra eng yuqori ball toʻplagan ariza topshiruvchilar AQSh elchixonasida boʻlib oʻtadigan suhbatga taklif qilinadi;
  • Barcha ariza topshiruvchilar TOEFL va GRE / GMAT-ga roʻyxatdan oʻtishlari talab qilinadi;
  • Vaucherga ega tanlangan nomzodlar test sinovlari toʻlovidan ozod etiladi;
  • Vaucherlar AQSh elchixonasi tomonidan tarqatiladi;
  • Yakuniy grant oluvchilarni tanlash J.Vilyam Fulbright nomidagi stipendiya kengashining (FSB) tasdiqlashi, mavjud mablagʻ va ularning akademik muvaffaqiyatiga koʻra qabul qilinadi;
  • Grant gʻoliblari 2025- yilning bahor/kuzida oʻz universitetlariga borishlari mumkin.

Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin. 

Ko'p beriladigan savollar va ularning javobi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qo'shimcha murojaatlar uchun: TashkentFulbright@state.gov

Tel: +998 781205450

AQSh
AQShda magistratura bosqichini xarajatlari toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Fulbright Foreign Student Program xalqaro grant tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar