- Xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olishni istaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ariza topshirishlari mumkin;
- Bakalavr dasturlari boʻyicha: 30 yoshgacha boʻlgan, oldin oʻxshash mutaxassislik boʻyicha xorijda bakalavr dasturlarida tahsil olmagan;
- Magistratura dasturlari boʻyicha: 22-45 yosh oraligʻida boʻlgan, oldin oʻxshash mutaxassislik boʻyicha xorijda magistratura dasturlarida tahsil olmagan. Tanlagan mutaxassisligi boʻyicha kamida 1 yil mehnat tajribasiga ega boʻlganlar;
- Doktorantura dasturlari boʻyicha: 25-45 yosh oraligʻida boʻlgan, oldin xorijda PhD yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlmaganlar. Tanlagan mutaxassisligi bo'yicha magistratura uchun kamida 1 yil, doktorantura uchun 2 yil mehnat tajribasiga ega bo'lganlar topshira oladi.
Ochiq stipendiya tanlovida quyidagi shaxslar ishtirok eta olmaydi:
a) bakalavriat ta’lim dasturi bo‘yicha 30 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, avval o‘xshash mutaxassislik bo‘yicha xorijda bakalavriatda ta’lim olganlar;
b) magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha — 22 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, avval ayni yoki turdosh mutaxassislik bo‘yicha xorijda magistraturada ta’lim olganlar;
v) doktorantura ta’lim dasturi bo‘yicha (shu jumladan, aspirantura orqali falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun) — 25 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, avval falsafa doktori (PhD), fan nomzodi yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini xorijda olganlar, O‘zbekistonda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olganlar;
g) magistratura ta’lim dasturiga hujjat topshirishda 1 yildan kam, doktorantura ta’lim dasturiga esa 2 yildan kam mehnat stajiga ega bo‘lganlar;
d) oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar (mazkur talab bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlarga tatbiq etilmaydi);
e) xorijiy mamlakatlarda ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlari xalqaro yoki xorijiy tashkilotlar, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar tomonidan, shu jumladan, Chevening, Fullbright, Erasmus Mundus, DAAD, KOICA, JICE va shunga o‘xshash boshqa dasturlar asosida ajratiladigan grantlar yoki stipendiyalar orqali to‘liq moliyalashtiriladiganlar;
j) xorijda sirtqi va onlayn dasturlar orqali ta’lim oladiganlar;
z) jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmaganlar.