Tavsif
The Global Undergraduate Awards 2025 - dunyodagi yetakchi akademik mukofotlar dasturi boʻlib, deyarli har bir oʻquv fanlari boʻyicha barcha bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan. Dastur talabalarni aspiranturada oʻqish yoki ishga joylashish orqali oʻz ishlarini davom ettirishga ragʻbatlantirishni maqsad qilgan. Arizalarni topshirish tez, oddiy va bepul!
Ushbu dasturga topshirilgan kurs/diplom ishlari xalqaro dastur tomonidan koʻrib chiqilib, eʼtirof etiladi. Kurs ishlari dunyoning eng nufuzli universitetlari professional akademiklari tomonidan baholanadi va nomzodga tanlagan sohasi boʻyicha eng yaxshi tadqiqotlar olib boradigan magistrantlar tarmogʻiga qoʻshilish imkonini beriladi. Dasturga yosh chegarasi belgilanmagan boʻlib, dunyoning qaysi mamlakatida boʻlishidan qatʼiy nazar bakalavr bosqichining 3- yoki 4-kurs talabalari, shuningdek, ushbu bosqichni 2024-yilda tamomlagan nomzodlar ariza topshira oladi. Dasturga 25 ta kategoriya boʻyicha ariza topshirish mumkin. Kategoriyalar haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur hozirda nomzodlarni 3 ta darajada baholaydi: 1.Yuqori baholangan ishlar; 2.Mintaqaviy gʻoliblar; 3.Global gʻoliblar. Gʻolib boʻlgan barcha ishtirokchilar eʼtirof sertifikati va ularning taqdimoti, oʻz ishlarining The Undergraduate Library da eʼlon qilinishi bilan taqdirlanadi. Har bir kategoriya boʻyicha bittadan 25 ta global gʻolib Oltin medal, toʻliq moliyalashtirilgan sayohat va yillik UA Global sammitida qatnashish uchun bepul chipta oladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.