Tavsif
SUSI for Young Women Leaders Program yosh yetakchi ayollar uchun qisqa muddatli yozgi akademik dastur boʻlib, turli mamlakatlarning kuchli liderlik qobiliyatiga ega ayol-qizlarni AQSh va uning madaniyati bilan yaqindan tanishtirish va shu bilan birga ularning yetakchilik mahoratini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Ushbu toʻrt haftalik dastur davomida ishtirokchi ayol-qizlar bir turli seminar munozaralari, mashgʻulotlar, guruh taqdimotlari va maʼruzalarda qatnashish bilan birga AQSHning mashhur joylariga tashrif buyurish, yetakchilik qobiliaytini rivojlantirish, madaniy tadbirlar va jamoat xizmati kurs va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar. Agar sharoit yaxshi boʻlsa, dastur davomida Qoʻshma Shtatlarda bir haftalik integratsiyalashgan oʻquv safari tashkil etiladi. Dastur 2023-yil iyun oyida boshlanadi.
2023-yilda SUSI atrof-muhit masalalariga eʼtibor qaratadi va ishtirokchi ayol-qizlar iqlim oʻzgarishi, barqaror rivojlanish, toza energiya, tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, okeanlarni himoya qilish, ifloslanish, ekoturizm, suv inshootlari, iqlim tadbirkorligi kabi mavzularda bilim va tajribalarini oshirishga muyassar boʻladi.
Dastur, shuningdek, ishtirokchilarga AQSh va butunjahon ayollarining dolzarb muammolarini muhokama qilish imkoniyatini beradi, jumladan, ishtirokchilar ayollar yetakchiligining rivoji, ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurash, ish joyidagi ayollar uchun daromadlar nomutanosibligi va boshqa muammolarni hal qilish, ayollar salomatligi muammolari va koʻcha-koʻyda ayollar xavfsizligi kabi mavzularda oʻz fikr va tavsiyalarini baham koʻrish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur vaziyatga qarab onlayn tarzda oʻtkazilishi mumkin. Ushbu holatda ishtirokchilar amaliyot mashgʻulotlarini oʻz davlatlarida amalga oshiradilar.