Dunyo boʻylab IT biznes bilan shug'ullanuvchi barcha ayol-qizlar uchun xalqaro tanlov — The Aurora Tech Award

Dunyo boʻylab IT biznes bilan shug'ullanuvchi barcha ayol-qizlar uchun xalqaro tanlov — The Aurora Tech Award

  • 02/10/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 03/12/2022 04:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

The Aurora Tech Award — bu loyihalari dunyo rivojiga eng katta taʼsir koʻrsatgan IT-startaplar asoschisi boʻlgan ayollar uchun yillik mukofot tanlovi hisoblanadi.

Dasturning maqsadi ilgʻor texnologiyalar sohasida ayollarni, ayniqsa, tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlashdir.

Qatnashchilar dasturga ariza topshirish uchun oʻzlarining kompaniya yaratilishi muvaffaqiyat tarixi haqida qisqacha prezentatsiya tayyorlashi va saytda yuklashi kerak.

Dastur gʻoliblari 30,000 AQSh dollarigacha boʻlgan pul mukofotlari hamda InDrivedan turli mentorlik kurslariga kirish huquqini qoʻlga kiritishadi.

Dasturda qatnashish mutlaqo bepul.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dastur faqat ayol nomzodlar uchun moʻljallangan;
  • Mukofotga soʻnggi besh yil ichida yaratilgan kompaniyaning asoschisi yoki uning hamkori ariza topshirishi mumkin;
  • Nomzod kompaniyasining asosiy mahsuloti axborot texnologiyalariga asoslangan boʻlishi kerak;
  • Nomzod ariza topshirilgan vaqtda kompaniyaning yuqori lavozimiga ega boʻlishi kerak;
  • Dastur uchun topshiriladigan hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim;
  • Qatnashchilar tashkilotchining xodimi va (yoki) tashkiliy qoʻmita yoki hakamlar hayʼati aʼzolarining qarindoshi boʻlmasligi lozim;
  • Ariza beruvchilar davlat amaldorlari yoki xususiy uyushgan kompaniyalarning (agar bu kompaniyalar davlat mulki boʻlsa yoki ularning nazorati ostida boʻlsa) xodimlari boʻlishi mumkin emas.

Dastur maqbullik jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Tanlоvning mukofot jamg‘armasi 85,000 AQSH dollarini tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi:

  • Birinchi oʻrin gʻolibiga $30,000;
  • Ikkinchi oʻrin gʻolibiga $20,000;
  • Uchinchi oʻrin gʻolibiga $15,000;
  • To'rtinchi o‘rin g'olibiga $10,000;
  • Beshinchi o‘rin g'olibiga $10,000 taqdim etiladi;
  • InDrivedan turli mentorlik kurslariga kirish huquqi beriladi.

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Nomzod taqdimoti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Nomzodning asosiy yutuqlari

Nomzod oʻz startapida ishlayotganda duch kelgan har qanday qiyinchiliklar va unga ushbu toʻsiqlarni yengib oʻtishga yordam bergan professional yoʻl-yoʻriqlar haqida qisqacha maʼlumot.

Startapning muvaffaqiyatlari

Kompaniyaning chuqur tavsifi, uning yutuqlari va startap dunyoni yaxshiroq joyga aylantirishga qanday hissa qoʻshishi haqida tushuntirish.

Nomzodlik sababi

Mukofot ariza beruvchining, kompaniyaning yoki maʼlum bir jamiyatning hayotiga qanday taʼsir qilishi haqida keng qamrovli tushuntirish.

Taqdimotlar yuqoridagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Fayl PDF formatida va 30 megabaytdan oshmasligi lozim.

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali saytda berilgan ariza namunasini toldirish lozim.

Tanlovga ariza topshirishning soʻnggi muddati 2024-yil 21-noyabr.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

Birinchi bosqich: arizalarni qabul qilish
Hujjatlar 2024-yil 2-sentyabrdan 21-noyabrgacha qabul qilinadi.

Ikkinchi bosqich: mukofot uchun qisqa roʻyxatni tuzish
Mukofot qoʻmitasi eng kuchli 20 ta arizani tanlaydi. 2025-yil 26-fevral kuni roʻyxat mukofot saytida eʼlon qilinadi.

Uchinchi bosqich: natijalarni nashr etish
Hakamlar hayʼati mukofot gʻoliblarini aniqlaydi.

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: aurora@auroratechaward.com

AQSh
Dunyo boʻylab IT biznes bilan shug'ullanuvchi barcha ayol-qizlar uchun xalqaro tanlov — The Aurora Tech Award

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar