Niderlandiyaning Top 10 universitetlaridan birida magistratura darajasini oʻqish uchun Radboud Encouragement Scholarship granti
Niderlandiya Niderlandiya
31 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Niderlandiyaning Top 10 universitetlaridan birida magistratura darajasini oʻqish uchun Radboud Encouragement Scholarship granti

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Niderlandiyadagi Top 10talik universitetlar roʻyxatiga kiruvchi Radboud University akademik jihatdan iqtidorli xalqaro talabalarga Radboud Encouragement Scholarship grant dasturini taqdim etadi. Grant ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik dasturlari (Erasmus Mundus va qoʻshma magistrlik dasturlari bundan mustasno) uchun amal qiladi.

Grant sohibi magistratura darajasida oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va yashash xarajatlarini qoplash uchun mablagʻ bilan taʼminlanadi.

2025-2026-oʻquv yili uchun jami 7 ta fakultet boʻyicha 13 ta grant mavjud:

  • Sanʼat fakulteti (1)
  • Huquq fakulteti (8)
  • Tibbiyot fanlari fakulteti (1)
  • Nijmegen boshqaruv maktabi (1)
  • Falsafa, ilohiyot va diniy fakultet (1)
  • Ilm-fan fakulteti (1)
  • Ijtimoiy fanlar fakulteti (1).

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod YI (Yevropa Ittifoqi)/YIH (Yevropa Iqtisodiy Hududi)ga kirmagan mamlakat fuqarosi boʻlishi kerak;
  • Bakalavr darajasini Niderlandiyadan boshqa davlatda tamomlagan boʻlishi kerak;
  • 2026-yil 1-sentyabrdan boshlanuvchi ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik darajasida oʻqishga qabul qilingan va toʻliq roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak;
  • Magistratura dasturi boʻyicha soʻralgan ingliz tili talabini qondirishi kerak;
  • Nomzodga universitetda oʻqish uchun moliyaviy koʻmak zarur boʻlishi kerak.

Grant dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Grant quyidagi xarajatlarni toʻliq qoplaydi:

  • Kontrakt toʻlovi va yashash xarajatlari (€14,640);
  • Viza olish xarajatlari;
  • Niderlandiyada yashash uchun ruxsatnoma, tibbiy sugʻurta va javobgarlik sugʻurtasi (Aon Student Insurance) xarajatlari qoplanadi.

Grant dasturining manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun avval tanlangan magistrlik dasturiga ariza topshirish lozim:

  1. Studielink portalida ariza berish uchun roʻyxatdan oʻtiladi va grant dasturi doirasidagi ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik dasturiga ariza topshiriladi.
  2. OSIRIS tizimi orqali barcha talab etilgan hujjatlar ingliz, nemis yoki golland tilidagi tarjimasi (agar koʻrsatilgan tillarda boʻlmasa) bilan yuklanishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr diplomi nusxasi;
  • Akademik transkript (bakalavr baholari);
  • Motivatsion xat (1 betdan oshmasligi kerak);
  • CV;
  • Til bilish sertifikati;
  • Tavsiyanoma (koʻrsatmadan foydalanish mumkin);
  • Bakalavr darajasida oʻqigan fanlar roʻyxati (ushbu namunadan foydalanish mumkin).

Eslatma: tanlangan magistrlik dasturlariga qarab talab etiladigan hujjatlar oʻzgarishi mumkin.

OSIRIS tizimda nomzodning Radboud Encouragement Scholarship grant dasturiga daʼvogarlik qilishi koʻrsatilgandan soʻng qoʻshimcha 2ta tavsiyanoma, CV (magistrlik dasturiga topshirilgan tavsiyanomalar va CV ni yuklash mumkin) va grant uchun motivatsion xat talab etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Grant uchun tanlov natijalari haqida 2025-yil aprel oyining oʻrtalarida xabar beriladi.

Grant uchun tanlov meʼzonlari:

Akademik salohiyat

- Oʻqish sohasidagi ajoyib natijalar, masalan, baholar, test ballari, nashrlar orqali:

- Tugallangan bakalavr dasturining magistrlik dasturiga aloqadorligi.

- Bakalavr darajasini tamomlagan universitet reytingi.

Kuchli ishtiyoq

- Ikkita motivatsion xatning sifati va dolzarbligi (biri magistratura dasturi uchun, ikkinchisi esa grant uchun);

- Oldingi yutuqlar, tegishli oʻqish sohasidagi ishlari;

- Hayotiy tajriba va/yoki darsdan tashqari mashgʻulotlar, masalan, amaliyot dasturlari yoki volontyorlik.

Tavsiyanomalar

- Ikkita tavsiyanomaning sifati.

Nomzodning dasturga boʻlgan qiziqishi

- Grant uchun taqdim etilgan motivatsion xat magistrlik dasturi uchun berilgan motivatsion xatdan farqli boʻlishi kerak. Grant uchun taqdim etilgan motivatsion xatda nomzodga nima uchun Radboud universitetida oʻqish uchun grant kerakligi aniq koʻrsatilib berilishi lozim.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun rasmiy saytning shu qismida berilgan kontakt maʼlumotlaridan yoki scholarships@ru.nl. manzilidan foydalanish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Biznes boshqaruvi, Gumanitar fanlar, Huquqshunoslik va qonunchilik, Tabiiy fanlar va matematika, Ijtimoiy fanlar, Sanʼat, dizayn va arxitektura, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Niderlandiya Niderlandiyaning Top 10 universitetlaridan birida magistratura darajasini oʻqish uchun Radboud Encouragement Scholarship granti
31 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.