Germaniyada bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan 8 haftalik Summer Student Programme dasturi
Germaniya Germaniya
13 Dek, 2025 · Muddat tugagan

Germaniyada bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan 8 haftalik Summer Student Programme dasturi

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

Berlinning Helmholtz-Zentrum Berlin (HZB) universiteti tomonidan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun 8 haftalik yozgi tadqiqot dasturi eʼlon qilinadi.

Dastur fizika, kimyo, materialshunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, atrof-muhit fanlari, muhandislik hamda shunga tegishli sohalarda oʻqiyotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, bunda dasturga qabul qilingan ishtirokchilar olimlar bilan yaqin hamkorlikda oʻzlarining ilmiy loyihalari ustida ishlash, Berlin-Vansi yoki Berlin-Adlershofdagi HZB kampuslarida joylashgan laboratoriyalarida yoki eksperimental maydonlarida tadqiqot guruhlarning kundalik ishlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Dastur 2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha davom etadi hamda ishtirokchilar dastur yakunida tadqiqot yuzasidan taqdimot qilishlari kerak boʻladi.

Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 14-dekabrgacha davom etadi.

Olib boriladigan tadqiqot jarayoni bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Barcha davlat fuqarolari qatnasha oladilar;
  • Nomzod fizika, kimyo, materialshunoslik, struktural biologiya, muhandislik, hayot yoki atrof-muhit fanlari yoki shunga tegishli yoʻnalishlarda bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi (PhD emas);
  • Universitetda toʻliq shtat asosida kamida ikki yilni oʻqib tugatgan boʻlishi, yaʼni kamida ikkinchi kursni tugatgan boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, nemis tilini ham bilishi ustunlik beradi;
  • Dasturga qabul qilinganlar HZB da amaliyot tugaguncha oʻzlari oʻqiyotgan universitet talabalar safida qolishlari shart (2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha);
  • Ariza topshirish muddati tugagunga qadar bitta tavsiyanoma topshirishlari kerak.

Dastur talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻlishadi:

  • Dasturga qabul qilinganlar bilan 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi;
  • Berlin va Potsdamdagi universitet talabalari uchun €1000, Germaniyadan tashqari boshqa davlat universitet talabalari uchun €1900 mablagʻ ajratiladi;
  • Borib-kelish xarajatlari uchun €800.

Topshirish jarayoni

Hujjat topshirishda quyidagilar talab qilinadi:

  • 2 betdan oshmagan CV (Tabular formatda);
  • Universitetda olingan eng oxirgi baholari va fanlari tarjimasi;
  • Talaba ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
  • Pasport nusxasi (ingliz tilida).

Eslatma: ushbu hujjatni yuklab olib, uni universitetdan tasdiqlatib topshirish kerak.

Dasturga hujjat topshirish boʻyicha yoʻriqnomalar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Germaniyada bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan 8 haftalik Summer Student Programme dasturi
13 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.