Tavsif
15-17 yoshdagi qizlar uchun Amerikada bo‘lib o‘tadigan butun dunyo boʻylab yosh ayollarga ilm-fan va texnologiya sohasida martaba orttirishga imkon berish va ilhomlantirish uchun moʻljallangan TechGirls xalqaro yozgi almashinuv dasturi e’lon qilinadi. Dasturning asosiy qismi Virjiniya Texnologiya Universitetida 23 kun bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar interaktiv kompyuter va texnologiya lagerlarida hamda ish o‘rinlarini o‘rganish va jamoat ishlarida qatnashish maqsadida bir necha shaharlarga tashrif buyuradilar.
TechGirls dasturi fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohasida yetakchi ayollarning keyingi avlodini birlashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi, ularga o‘z mahoratini rivojlantirish va orzularini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar beradi. Shuningdek, dastur ishtirokchilarning yo‘l, turar-joy, ovqatlanish kabi barcha xarajatlarini qoplaydi.
Dastur haqida batafsil bu yerda o'qish mumkin.