DAAD tashkiloti tomonidan Germaniyada arxitektura yoʻnalishida magistratura va qisqa kurslarda taʼlim olish imkoniyati

DAAD tashkiloti tomonidan Germaniyada arxitektura yoʻnalishida magistratura va qisqa kurslarda taʼlim olish imkoniyati

  • 10/07/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Germaniya Davlat
  • 30.09.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Nemis tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 6

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Germaniyaning nufuzli DAAD tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Postgraduate Studies in the Field of Architecture” stipendiyasi 2023-2024-yillarda arxitektura va unga aloqador yoʻnalishlar boʻyicha magistratura va undan keyingi qisqa kurslarni Germaniyada oʻqish istagida boʻlgan talabalar uchun moʻljallangan.

Dasturda ijtimoiy va akademik jihatdan faol, ingliz yoki nemis tilini biluvchi, arxitektura yoʻnalishi boʻyicha yetarli bilimga ega nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Dastur davomiyligi tanlangan universitetning oʻquv muddatiga bogʻliq. Lekin odatda quyidagicha davom etadi:

  • Magistratura bosqichi — 10-24 oy. Bunda darslar odatda 1-oktyabrdan boshlanadi. 1-oʻquv yili yakunida talabalarning oʻzlashtirish natijasi talab darajasiga javob bersagina kelgusi yilda ham stipendiya olish imkoniga ega boʻladi;
  • Qisqa qoʻshimcha kurslar - 1 akademik yil. Bunda ham darslar 1-oktyabrdan boshlanadi. Lekin oʻqitish tili nemis tili boʻlgan kurslar ertaroq boshlanishi mumkin. Bunday kurslar hech qanday daraja yoki diplom bilan taʼminlamaydi.

Maqbullik shartlari

Dastur talablari:

  • Nomzod arxitektura va unga aloqador (interyer dizayni, yodgorliklarni muhofaza qilish, shaharsozlik, landshaft arxitekturasi, landshaftni rejalashtirish) yoʻnalishda bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim. Bakalavr bitiruvchi kurs talabalari ham dasturga ariza topshira oladi;
  • Oʻqishni bitirganligiga 6 yildan oshmagan boʻlishi shart;
  • Nemis tilini kamida B1 darajada yoki ingliz tilini kamida B2 (IETLS 6.0) darajada bilishi zarur. Baʼzi universitetlarning til bilish talablari yoʻnalishga qarab farq qilishi mumkin;
  • Germaniya hududida 15 oydan ortiq vaqt davomida istiqomat qilayotgan fuqarolar ushbu dasturga ariza topshira olmaydi.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dastur imkoniyatlari:

  • Ishtirokchilarga € 861 miqdorda oylik stipendiya beriladi;
  • Safar xarajatlari quyidagi tartibda moliyalashtiriladi. Oʻzbekiston fuqarolariga €875 gacha moliyaviy yordam berilishi mumkin;
  • Sogʻliq, baxtsiz hodisa va shaxsiy ehtiyojlar bilan bogʻliq sugʻurta xarajatlari qoplanadi;
  • Bir martalik oʻquv puli (study allowance) beriladi;
  • Nomzod oylik ijara toʻlasa yoki oila aʼzolari hamrohlik qilsa, unga oylik qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi;
  • Ishtirokchilar onlayn/oflayn til kurslarida bepul ishtirok etishi, dasturga qabul qilingandan soʻng olingan TestDaF yoki DSH imtihonlari toʻlovi qoplab beriladi.

Eslatma: dastur oʻquv kontrakt toʻlovlarini moliyalashtirmaydi.

Dastur imkoniyatlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin. Ariza topshirish quyidagi bosqichlarda boʻlib oʻtadi:

  • DAAD portalidan roʻyxatdan oʻtish. Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin;
  • Tavsiyanoma beruvchiga soʻrov yuborish. Bu DAAD portalidan roʻyxatdan oʻtgandan soʻng “Request reference” tugmasi bosish orqali amalga oshiriladi;
  • DAAD portaliga kerakli hujjatlarni yuklash. Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin;
  • DAAD portaliga Ijodiy ishlarni yuklash. Agar nomzod talablarga javob bersa va ariza topshirishni yakunlasa, 28-oktyabrgacha ijodiy ishlar namunasi yuklash uchun alohida link yuboriladi. Bunda 7-noyabrgacha ijodiy ishlarni yuklash jarayoni toʻliq yakunlanishi kerak. Ijodiy ishlarga qoʻyilgan rasmiy talablar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza shakli.
  • CV;
  • Shaxsan imzolangan motivatsiya xati (nima uchun aynan oʻsha kurs tanlanganligi haqida 1-3 bet).
  • Magistratura kursida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun ariza shakli;
  • Daraja bermaydigan qoʻshimcha kurslarga ariza topshirmoqchi boʻlganlar uchun Germaniyadagi universitet professoridan tavsiyanoma;
  • Germaniya universitetiga qabul qilinganlik xati (agar mavjud boʻlsa);
  • Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS — min. 6.0; TOEFL — 80);
  • Nemis tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (nemis tilida oʻqitiladigan kurslarga tegishli; min. B1 daraja);
  • Oʻqitilgan fanlar va baholarni qamrab olgan hujjatdan nusxa (ingliz yoki nemis tilidagi tarjimasi bilan);
  • Ijodiy ishlar uchun toʻldirilgan tavsifnoma shakli.

Ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Saralash jarayoni. Ariza hujjatlarini DAAD portaliga yuklagandan soʻng, DAAD birinchi navbatda rasmiy tekshiruvdan oʻtadi. Ariza talablari bajarilganligi va arizaning toʻliqligi tekshiriladi. Agar arizalar talabga javob bersa,nomzoddan ish namunalarini topshirish soʻraladi.
Germaniya universitetlari professorlaridan tashkil topgan maxsus DAAD qoʻmitasi arxitektura sohasidagi stipendiyalar boʻyicha yakuniy qarorni qabul qiladi. Qaror yozma arizalar va topshirilishi kerak boʻlgan ish namunalariga asoslanadi. Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Saralash mezonlari:

  • Akademik yutuqlari va ijodiy ishlarning sifati, badiiy estetik jihatdan mukammalligi;
  • Oʻquv rejasi va motivatsion xatning sifatliligi.

Koʻp berilgan savollar va ularning javobi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: portal@daad.de

Germaniya
DAAD tashkiloti tomonidan Germaniyada arxitektura yoʻnalishida magistratura va qisqa kurslarda taʼlim olish imkoniyati

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar