Tavsif
“UzWomen Empowerment Academy” tomonidan tashkil qilingan “itʼs4uzWomen” nomli kasbiy rivojlanish kurslari Oʻzbekiston ayol-qizlariga kasbiy hamda shaxsiy rivojlanishlarida koʻmaklashish, ularga sohada oʻz salohiyatini kuchaytirish uchun zarur bilim va koʻnikmalarni taqdim etish hamda kasb tanlashlarida qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini yaratadi.
Dastur quyidagi bosqichlardan iborat:
- Tayyorgarlik;
- Trening salohiyatini oshirish;
- Konseptual asoslarni ishlab chiqish;
- Dasturiy natijalarni yoyish va barqarorligini taʼminlash;
- Sifat nazoratini tekshirib borish.
Darslar koʻp yillik tajribaga ega malakali mutaxassislar tomonidan 4 oy muddatda onlayn berib boriladi.
Dastur doirasidagi kurslar roʻyxati:
- Muhandislik/Mashinasozlik yoʻnalishida: AutoCAD; NX (CAD/CAM/CAE); Corel Draw; Lumion 3D;
- Dasturlash boʻyicha: Frontend; Maʼlumot tuzilmalari va algoritmlar;
- Grafik dizayn: Foto/Video tahrirlash;
- 3D modellash boʻyicha: 2D/3D animatsiya; 3D MAX;
- Microsoft Office (MS Word, MS Excel, MS PowerPoint, MS Access dasturlari);
- TelegramBot yaratish;
- SMM va Marketing.
Darslar telegram tarmogʻidagi yopiq guruhlarda olib boriladi va qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan istalgan vaqtda mentorlar bilan fikr almashishlari mumkin.
Darslar dushanbadan jumagacha olib boriladi. Dasturdagi har bir modul oxirida test topshiriqlari beriladi va u topshiriqdan oʻtgan nomzodlargina oʻqishlarini davom ettira olishlari mumkin.
Kurs oxirida imtihon soʻrovnomasi yuboriladi va 55% dan yuqor natija koʻrsatgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.