Tavsif
Germaniyadagi DAAD tashkiloti WiPDaF bilan hamkorlikda maktab va universitet bitiruvchilari, talabalar va nemis tilidagi bilimlarini oshirishni xohlaydigan mutaxassislar uchun yozgi nemis tili kurslarini taqdim etadi. Dasturdan maqsad chet ellik talabalarning nemis tilini bilish darajasini yaxshilash va Germaniya madaniyatini yaqindan o‘rganishga yordam berish hisoblanadi.
Dastur 2025-yil 4-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi. Til kurslari haftada 25 soatdan olib boriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.