Bakalavr 3-4-kurs talabalari va bitiruvchilari uchun Bishkekda toʻliq moliyalashtiriladigan  4 haftalik yozgi maktab — OSCE Summer School Programme 2022
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
12 Iyn, 2022 · Muddat tugagan

Bakalavr 3-4-kurs talabalari va bitiruvchilari uchun Bishkekda toʻliq moliyalashtiriladigan 4 haftalik yozgi maktab — OSCE Summer School Programme 2022

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

OSCE Academy Summer School Programme — Bishkekdagi Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YXHT) Akademiyasi tomonidan har yili tashkil etiladigan magistrlik bosqichiga tayyorlov dasturiga qabul eʼlon qilindi.

Tashkil etilayotgan barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktabda bitiruvchi kurs talabalari, bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilari ikkita keng ilmiy tadqiqot mavzusida yaʼni “Siyosat va xavfsizlik” va “Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot” yoʻnalishlari boʻyicha magistrlik dasturlariga tayyorgarlik kurslarida ishtirok etishadi. Shuningdek, Akademiyaning dasturlaridan biriga yoki boshqa xalqaro magistratura kursiga kirish uchun zarur boʻlgan ingliz tilida akademik yozish boʻyicha treninglarda ishtirok etadilar.

Yozgi maktab 2022-yil 1-26-avgust kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi. Unda barcha Markaziy Osiyo davlatlari: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va Turkmaniston yoshlari ishtirok etishadi.

Yozgi maktab ishtirokchilari quyidagi sohalar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishadi:

“Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot” yoʻnalishida quyidagi kurslar oʻqitiladi:

  • Iqtisodiyot uchun matematika;
  • Ingliz tilida akademik yozish.

“Siyosat va xavfsizlik” yoʻnalishida quyidagi kurslar oʻqitiladi:

  • Ijtimoiy fanlar boʻyicha tadqiqot usullariga kirish;
  • Ingliz tilida akademik yozish.

Ushbu havola orqali dastur, oʻqitiladigan kurslar haqida batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish talablari:

  • Bakalavr bosqichi iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va shunga aloqador sohalarda 3-4-kurs talabalari va bitiruvchilari ariza berishi mumkin;
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilish talab etiladi;
  • Nomzodlar Markaziy Osiyoning kengroq mintaqasidagi rivojlanish va xalqaro munosabatlar masalalariga qiziqishi lozim;
  • Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston fuqaroligiga ega boʻlishi kerak.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning imtiyozli jihatlari:

  • 4 haftaga €360 miqdoridagi stipendiya taqdim etiladi;
  • Viza va roʻyxatdan oʻtishda koʻmaklashish;
  • Markaziy Osiyo mintaqasi boʻylab Bishkekka borib-qaytish xarajatlari qoplanadi.

Dastur ishtirokchining tibbiy sugʻurtasi va oila aʼzolarining xarajatlarini qoplamaydi. Biroq, Bishkekka sayohat qilish va shaharda yashash joyi topish bilan bogʻliq barcha masalalarda yordam beradi.

Ushbu havola orqali dastur imtiyozlari haqida batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Ushbu havola orqali onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish va yoʻnalishlardan birini tanlab, ariza toʻldirish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manzillariga murojaat etish mumkin:

  1. Siyosat va xavfsizlik yoʻnalishi boʻyicha magistrlik dasturi: MA-PS@osce-academy.net
  2. Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish yoʻnalishi boʻyicha magistrlik dasturi: MA-EGD@osce-academy.net

Faqat tanlangan nomzodlar bilan aloqaga chiqiladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Ijtimoiy fanlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qirgʻiziston Bakalavr 3-4-kurs talabalari va bitiruvchilari uchun Bishkekda toʻliq moliyalashtiriladigan 4 haftalik yozgi maktab — OSCE Summer School Programme 2022
12 Iyn, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.