Young Leaders Conference Egypt 2025 — 16-45 yosh oraligʻidagilar uchun Misrda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya

Young Leaders Conference Egypt 2025 — 16-45 yosh oraligʻidagilar uchun Misrda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya

  • 20/12/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Misr Davlat
  • 05.01.2025 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Young Leaders Conference Egypt 2025 dasturi 2025-yil 23-26-fevral kunlari Misrda boʻlib oʻtadi. Bu turli sohaning yosh vakillarini birlashtirib boshqaruv, maʼmuriyat, tadbirkorlik, taʼlim turizmi, BMTning barqaror rivojlanish gʻoyalari va jamoat loyihalari kabi global masalalarni yechishga moʻljallangan loyihadir. Dasturda turli davlatlardan, kelib chiqishi turlicha boʻlgan yoshlar, talabalar, mutaxassislar, ijtimoiy ishchilar, tibbiyot sohasi vakillari, volontyorlar va yosh yetakchilar ishtirok etishlari mumkin. Dastur ishtirokchilarning xarajatlarini toʻliq hamda qisman qoplab beradi. Qolaversa, nomzodlar oʻz hisobidan qatnashish huquqiga ham ega. Ishtirokchilar loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy koʻmak olish, loyiha davomida oʻzaro fikr almashish, siyosatni shakllantirish, turli soha mutaxassislari bilan muloqotda boʻlish, fikr almashish hamda Buyuk Britaniyada ishlash imkonini ham qoʻlga kiritishadi. 

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2025-yil 5-yanvargacha davom etadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin. 

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda 16 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan turli davlatlardan, kelib chiqishi turlicha boʻlgan yoshlar, talabalar, mutaxassislar, ijtimoiy ishchilar, tibbiyot sohasi vakillari, volontyorlar va yosh yetakchilar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek:

  • Dastur ishtirokchilari yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim;
  • Qatnashchilar loyiha davomida BMTning barqaror rivojlanish gʻoyalariga hissa qoʻshuvchi fikr hamda loyihalari bilan qatnashishlari kerak.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Toʻliq grant: safar xarajatlari, turarjoy xarajatlari, sertifikat hamda mukofotlar, belgilangan tartibda oziq-ovqat, Buyuk Britaniyada ishlash imkoni, konferensiya uchun kerakli materiallar, kechki marosimda qatnashish va shaharni aylanish;
  • Qisman grant: turarjoy xarajatlari, sertifikat hamda mukofotlar, belgilangan tartibda oziq-ovqat, Buyuk Britaniyada ishlash imkoni, konferensiya uchun kerakli materiallar, kechki marosimda qatnashish va shaharni aylanish kabi imkoniyatlar yaratiladi.

Shuningdek:

Eslatma! Dasturda oʻz hisobidan qatnashuvchilar 395 yevrolik ishtirok toʻlovini amalga oshirishadi va boshqa qatnashchilar bilan teng imkoniyatlarni qoʻlga kiritishadi;

  • Jamiyatni hamda BMTning barqaror rivojlanish gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi;
  • Dasturda ishtirok etish uchun viza olishda yordam beriladi;
  • Dunyoning turli burchaklaridan boʻlgan yetakchi yoshlar bilan fikr almashish imkoni paydo boʻladi;
  • Dunyoning yetakchi va malakali mutaxassislari bilan suhbatlashish hamda aloqa oʻrnatish imkoni mavjud boʻladi;
  • Ishtirokchilar taniqli maʼruzachilarning ilhomlantiruvchi nutqlarini tinglash hamda taqdimotlaridan bahramand boʻlishlari mumkin boʻladi;
  • Qatnashchilar Buyuk Britaniyaning EduTourism for Unity jamoasi aʼzosiga aylanishadi;
  • Barcha qatnashchilar tegishli mukofot va sertifikatlar bilan taqdirlanadi;
  • Rasmiy turizm elchisiga aylanish imkoni tugʻiladi. 

Hujjat topshirish

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni quyidagicha:

  • Roʻyxatdan oʻtish uchun dastur rasmiy sahifasiga kiring;
  • Shaxsiy maʼlumotlarni, elektron manzil, rasm hamda pasportni (jpg, jpeg, png yoki pdf formatlaridan birida) kiriting;
  • Dasturda qatnashishdan maqsad va gʻoyalaringizni yoritib bering;
  • Dastur talablari va shartlari bilan toʻliq tanishib chiqing.

Eslatma! Ariza topshirish uchun badal mavjud (£18.75).

Dasturda qatnashish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin. 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

EduTourism for Unity jamosi haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Maʼlumot uchun:

Tel: +44 7928 575387;

E-mail: hello@edutourismforunity.org

office.edutourismforunity@gmail.com

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham topish mumkin:

-instagram;

-YouTube;

-linkedIn;

-twitter. 

Misr
Young Leaders Conference Egypt 2025 — 16-45 yosh oraligʻidagilar uchun Misrda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar