20-35 yosh oraligʻidagilar uchun AQShda xarajatlari toʻliq qoplanadigan 1 haftalik amaliyot dasturi — Youth Interfaith Leaders Fellowship

20-35 yosh oraligʻidagilar uchun AQShda xarajatlari toʻliq qoplanadigan 1 haftalik amaliyot dasturi — Youth Interfaith Leaders Fellowship

  • 05/08/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 31/08/2024 10:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    20 yoshdan 35 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning nufuzli Duke universiteti butun dunyo boʻylab iqlimga eʼtiborli yosh yetakchilar uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan 1 haftalik Youth Interfaith Leaders Fellowship amaliyot dasturini taqdim etadi. Dastur uchun 25 nafar iqtidorli yoshlar saralab olinishi rejalashtirilgan.

Amaliyot davomida taniqli mutaxassislar tomonidan dinshunoslik, iqlim oʻzgarishi, madaniyatlararo va dinlararo munosabatlar, ommaviy axborot vositalari va jamoat ishlari boʻyicha bilim beriladi.

Dastur 2025-yilning 24-mayidan 30-mayigacha AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Duke universitetida boʻlib oʻtadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda barcha 20-35 yosh oraligʻidagi yetakchilar, eko-teologiya boʻyicha talabalar, ekologlar, jamoat faollari va yosh mutaxassislar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Tegishli soha boʻyicha bilim yoki tajribaga ega boʻlish kerak (atrof-muhit, din, jamiyat boshqaruvi va boshqalar);
  • Mahalliy tarmoqqa (ijtimoiy, professional, diniy va boshqalar) kirish yoki kirish mumkin boʻlgan mahalliy tarmoqlardan foydalanishga tayyor boʻlish lozim.

Eslatma: Ingliz tili boʻyicha til bilish sertifikati majburiy emas. Biroq xalqaro miqyosda tan olingan IELTS, TOEFL, CAE va boshqa shu turdagi sertifikatlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib qish lozim.

Foydali tomonlari

  • Havo qatnovi, viza toʻlovlari, turar joy va ovqatlanish xarajatlarini toʻliq qoplanadi;
  • Soha boʻyicha taniqli mutaxassislar tomonidan bilim beriladi;
  • Dastur davomida iqlim boʻyicha loyihalar ishlab chiqishni oʻrgatiladi.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin. Nomzodlarning dasturga muvofiqligini baholashdan tashqari onlayn arizada ularning koʻnikmasi, dasturda qatnashishni ruhlantirgan sabab va tegishli akademik/professional/volontyorlik va yetakchilik tajribasiga oid savollar mavjud.

Saralangan ishtirokchilar bilan onlayn suhbat uchun bogʻlaniladi (40-60 min). Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlar 7 kun ichida oʻz tavsiyanomasini info@faithforourplanet.org elektron pochta manziliga yuborishi kerak boʻladi.

Tavsiyanomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:

  • Tavsiya beruvchi va nomzodning aloqa maʼlumotlari: elektron pochta, telefon raqami, ish manzili va boshqalar;
  • Ishtirokchi bilan bir-birini qancha vaqtdan beri bilishi;
  • Ariza beruvchining yetakchilik, tarmoq va boshqa shaxslararo munosabatlardagi koʻnikmasi haqida qisqacha maʼlumot;
  • Talabgorni bilish darajasi (masalan: taʼlim, volontyorlik, kasbiy, diniy va hokazo);
  • Nomzodning yetakchilik, shaxslararo munosabati va ish joyidagi oldingi koʻrsatkichlari haqida qisqacha maʼlumot.

Muhim: Gʻolib deb topilgan nomzodlar elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-avgust, 2024-yil;
  • Saralanganlar oʻrtasida 2024-yil 10-noyabrdan 31-dekabrgacha suhbat oʻtkaziladi;
  • Natijalar 2025-yil yanvar oyida eʼlon qilinadi;
  • Email: info@faithforourplanet.org.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

AQSh
20-35 yosh oraligʻidagilar uchun AQShda xarajatlari toʻliq qoplanadigan 1 haftalik amaliyot dasturi — Youth Interfaith Leaders Fellowship

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar