Tavsif
Ijtimoiy-ekologiya jamgʻarmasi yoshlar orasida ekologik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yosh yetakchilarga sayohat grantlarini taklif etadi.
Sayohat grantlari dasturining maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida yosh faollarni qoʻllab-quvvatlash. Shuningdek, dastur tajriba va bilim almashish hamda yosh yetakchilarning tashkilotlarni tashkil etish orqali oʻz faoliyatini institutsionallashtirishga yordamlashadi.
Grant dasturi koʻmagida faqat Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston hududida sayohat qilish mumkin.
Safarlar 2022-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha rejalashtirilgan.
Sayohat granti Markaziy Osiyodagi tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. Sayohat grantlari quyidagi sohalardagi tadbirlarda (treninglar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalar) ishtirok etishni qoʻllab-quvvatlaydi:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Barqaror rivojlanish;
- Iqlim oʻzgarishi;
- Inson huquqlari;
- Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish;
- NNT va ommaviy axborot vositalarida uch kungacha boʻlgan amaliyot oʻtash.
Bir nomzod uchun grant miqdori $500 dan oshmasligi lozim.
Sayohat xarajatlari qoplanadi.