Tavsif
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun AQShda 6 hafta davomida amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etuvchi The 2026-2027 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program dasturini eʼlon qiladi.
Dasturda oʻrta maktab, jumladan, akademik litsey va kollejda toʻliq stavkada ingliz tili, matematika, tabiiy ijtimoiy fanlar, tarix, huquq, global tadqiqotlar, media tadqiqotlari, jurnalistika va kommunikatsiya kabi fanlar boʻyicha dars beruvchi oʻqituvchilar ishtirok etishi mumkin.
Dastur 2027-yil yanvar yoki sentyabr oyida boshlanadi va qabul qilingan ishtirokchilar 6 hafta davomida AQShning nufuzli taʼlim muassasalarida maxsus tashkil etiladigan seminar va darslarda ishtirok etadilar. Dastur davomida yangi o'qitish metodologiyalari, mazmunga asoslangan ta'lim, darsni rejalashtirish va o'qituvchilar uchun ta'lim texnologiyasini o'qitishga qaratilgan umumiy akademik seminarlar taqdim etiladi. Qo'shimcha amaliyot zarur bo'lgan o'qituvchilarga ingliz tilini intensiv o'qitish taklif etiladi. Dastur davomida ishtirokchilarga kerakli maslahat va yordam ko'rsatiladi.
Oʻqituvchilar tanlov asosida tanlangan universitetga joylashtiriladi. Dasturda media savodxonligi va tanqidiy fikrlashga qaratilgan mazmunga oid kurs ishlari kiradi. Shuningdek, dastur ishtirokchilari mezbon universitet yaqinidagi AQSh oʻrta maktabida ingliz tili, ijtimoiy fanlar, tarix, fuqarolik, aloqa, jurnalistika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha amerikalik hamkor oʻqituvchi bilan kamida 40 soatlik amaliyot oʻtaydilar. Dastur davomida qatnashchi oʻqituvchilar Amerika madaniyati bilan yaqindan tanishadi, ularga darslarda foydalanish mumkin boʻlgan amaliy manbalar topish va media savodxonligi boʻyicha treninglar tashkil etishda kerakli maslahat va yordam koʻrsatiladi.
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻqituvchilar kerakli oʻquv materiallari tayyorlash, boshqa oʻqituvchilar uchun treninglar tashkillash, shu bilan birga, AQSh va Oʻzbekiston maktablari oʻrtasida hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻyish uchun kichik grantlarga ariza topshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.