Dunyoning yetakchi universiteti — Kembrijda biznes sohasi boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun Cambridge MBA Scholarship dasturi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
14 May, 2026 · Muddat tugagan

Dunyoning yetakchi universiteti — Kembrijda biznes sohasi boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun Cambridge MBA Scholarship dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Dunyoning yetakchi universitetlaridan biri Buyuk Britaniyada joylashgan Kembrij universitetining MBA dasturi yetakchi biznes dasturlaridan biri hisoblanadi. Universitet tomonidan MBA, yaʼni biznes boʻyicha magistraturada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab quvvatlash uchun Cambridge University MBA Scholarship dasturi tashkil etilgan.

Dasturga qabul qilinganlar Kembrij tarkibidagi Pembroke College'da oʻqish uchun moddiy yordam bilan taʼminlanadilar. Talabalar Foundation kursi sifatida 2 oy davom etuvchi The Boustany Foundation Internship amaliyotida ishtirok etadilar. Amaliyotda ishtirok etish uchun turarjoy va sayohat xarajatlari bo'yicha amaliy yordam ko'rsatiladi. 

Ushbu dasturda avval ishtirok etgan talabalar haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod avval Kembrij universitetining MBA dasturiga hujjat topshirgan va qabul qilingan boʻlishi lozim;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini mukammal darajada bilishi shart.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Oʻqish kontrakt toʻlovining 75% gacha qismi qoplab beriladi;
  • Dasturga oid safar va turarjoy xarajatlari qoplab beriladi;
  • 2 oy stajirovka qilish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar ushbu elektron manzilga joʻnatilishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • CV/Rezyume (shaxsiy fotosurat bilan);
  • GMAT sertifikati;
  • Acceptance letter, yaʼni universitetdan MBA dasturiga qabul qilinganlik haqida maʼlumotnoma.

Qo'shimcha ma'lumot

Hujjat topshirgandan soʻng saralangan nomzodlar intervyuga taklif qilinadi va eng yaxshi bir nafar nomzod ushbu grantga ega boʻladi.

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: info@boustany-foundation.org

Dastur bo'yicha so'ralgan eng ko'p savollarga berilgan qisqa javoblar (FAQs) bilan ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Biznes boshqaruvi

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Dunyoning yetakchi universiteti — Kembrijda biznes sohasi boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun Cambridge MBA Scholarship dasturi
14 May, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.