DAAD - Germaniyada magistratura bosqichining istalgan yo'nalishda o’qish uchun to’liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

DAAD - Germaniyada magistratura bosqichining istalgan yo'nalishda o’qish uchun to’liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

  • 15/06/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Germaniya Davlat
  • 31.10.2023 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Nemis tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) bakalavr bosqichini tugatgan yoki uning so'nggi bosqichida o'qiyotgan barcha talabalarga 2024-2025-yillarda Germaniya universitetlarining magistratura bosqichida o’qishni davom ettirish uchun mo'ljallangan “Study Scholarships - Master Studies for All Academic Disciplines” grant dasturini taqdim etadi.

Dastur tanlangan kurs davomiyligiga qarab 10 oydan 2 yilgacha davom etadi. Dasturga qabul qilinganlar Germaniyada bepul o’qish bilan birga, oylik stipendiya va turar joy bilan ham ta’minlanadilar

Dastur doirasida musiqa, amaliy san'at/kino/dizaynerlik, arxitektur, aktyorlik yo'nalishidan boshqa (chunki bu yo'nalishlar uchun alohida DAAD grantlari mavjud) barcha yo'nalishlar doirasida ariza berish mumkin. 

Dasturga qabul har yili 31-oktabrga qadar davom etadi.

Dastur bo'yicha umumiy ma'lumotlarni bu yerda o'qish mukin.

Maqbullik shartlari

  • Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lishi yoki dastur boshlangunga qadar (2024) tugatishi kerak, shu bilan birga, bakalavrni tugatganiga 6 yildan oshmagan bo'lishi lozim; (maxsus yo'riqnomada batafsil o'qish mumkin).
  • Tanlagan universiteti qabul talablariga javob berishi (til talablari shular jumlasidan);
  • Germaniyada ariza topshirish vaqtida 15 oy va undan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan bo’lmasligi;
  • Tanlangan dastur Germaniyadan tashqarida o'qishni o'z ichiga olganda faqatgina quyidagi holatlarda u moliyalashtirilishi mumkin:
    • O'qish tashrifi stipendiya maqsadiga erishish uchun zarur bo'lishi;
    • Tashrif stipendiat mamlakatida bo'lmasligi;
    • Tashrif o'qish davrining to'rtdan biridan oshmasligi kerak;
    • Uzoq muddatli tashriflar qisman ham qoplanmaydi.

Til bo'yicha talablar:

Nomzodlar dastur boshlanguniga qadar tanlangan universitet talablariga mos keladigan ta'lim tilini bilishi kerak. Agar ariza topshirish paytida universitet tomonidan talab qilinadigan til ko'nikmalariga hali ega bo'lmasa, qo'shimcha til kurslari ham moliyalashtirilishi mumkin.

Dastur talablari bilan bu yerda tanishish mumkin (eslatma: talablar oynada aks etishi uchun nomzodning tug'ilgan vatani va topshirmoqchi bo'lgan akadem darajasi tanlanishi kerak. Shundan keyingina muayyan talablar ekranga chiqadi).

Foydali tomonlari

  • Oylik €934 stipendiya;
  • Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari;
  • O'qish boshlagan paytda bir martalik to'lov;
  • Sog'liqni saqlash, baxtsiz hodisalar va shaxsiy javobgarlikni sug'urtalash bo'yicha to'lovlar qoplanadi.

Ba'zi hollarda, stipendiya egalari quyidagi qo'shimcha imtiyozlarga ega bo'lishlari mumkin:

  • Oylik ijara subsidiyasi;
  • Oila a'zolari uchun qo'shimcha stipendiya;
  • Nogironlik yoki surunkali kasallik holatida: nogironlik yoki surunkali kasallik natijasidan kelib chiqadigan va boshqa moliyalashtiruvchilar tomonidan qoplanmagan qo'shimcha xarajatlar uchun subsidiya. To'liq ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

DAAD stipendiya egalariga mamlakatda bo'lishlariga tayyorgarlik ko'rishda nemis tilini o'rganishlari uchun quyidagi qo'shimcha xizmatlarni taklif qiladi.

  • Grant mukofoti xati olgandan keyin onlayn til kursi uchun kurs to'lovlari to'lanishi;
  • Agar kerak bo'lsa: Germaniyada o'qish tashrifi boshlanishidan oldin nemis tili kursi bilan ta'minlash (2, 4 yoki 6 oy);
  • TestDaF yoki DSH testlari uchun to'lovlarni qoplab berish.

Hujjat topshirish

1. Ushbu havola orqali DAAD portalidan ro'yxatdan o'tish.

2. O'qish yo'nalishlari va universitetlarni aniqlab olish (ushbu havola orqali topish mumkin).

3. DAAD portalida onlayn hujjat topshirish. 

Hujjat topshirish bo'yicha yo'riqnoma bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin:

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza shakli (Universitetlar ro'yxati. o'qimoqchi bo'lgan fanlari va dars boshlanish sanalari aks etadi).
  2. Tavsiyanoma (Akademik faoliyat bilan shug'ullanuvchi, nomzodni yaxshi bilan ustozi yoki biror o'qituvchidan olish tavsiya etiladi. Tavsiyanoma xati DAAD portalidan ro'yxatdan o'tgach, REQUEST for REFERENCE FORM degan bo'limdan yuklab olinadi. Bu tayyor shablon qolipidagi hujjat bo'lib, uni elektron to'ldirish, printerdan chiqarib tavsiyanoma beruvchiga imzolatish lozim. So'ng hujjat yana skanerlanadi va portalga yuklanadi).
  3. Bakalavr diplomi (agar bo'lsa) va baholar tarjimasi ingliz tiliga o'girilib, skanerlab topshiriladi (akademik litsey yoki kollejniki ham tarjima bilan topshirilishi kerak).
  4. 3 betdan oshmagan CV (europass formatida qilinishi kerak).
  5. Motivatsiya xati (2 betdan oshirmaslik tavsiya qilinadi. Nomzod motivatsiya xatini imzolashi kerak. Elektron imzoni ishlatishga ruxsat berilgan).
  6. Til sertifikati (Germaniyada darslar yoki to'liq ingliz, ingliz-nemis, yoki to'liq nemis tilida o'qitiladi. Shuning uchun istalgan universitet baribir nomzoddan til sertfikatini talab qiladi. Sertifikat darajasi esa universitetga bog'liq. Agar nomzod umumiy ariza berish vaqtida hali til sertifikatiga ega bo'lmasa yoki yangilash arafasida turgan bo'lsa, Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasiga xabar berib qo'ygani ma'qul).

Eslatma:

  • Bracha hujjatlar PDF formatida saqlanishi kerak! Faqat PDF fayllarni portalga yuklash mumkin.
  • Agar kerak bo'lsa, tarjimalar asl tilda chiqarilgan hujjat bilan birga yuklanishi kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Eng muhim savollarga javoblarni ushbu havola orqali o'qish mumkin.

Qo’shimcha savol yoki taklifni infocenter@daad.de orqali ariza qoldirish mumkin.

Germaniya
DAAD - Germaniyada magistratura bosqichining istalgan yo'nalishda o’qish uchun to’liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar