Germaniyada ijro sanʼati boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish yoki qisqa muddatli taʼlim olish uchun DAAD stipendiyasi

Germaniyada ijro sanʼati boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish yoki qisqa muddatli taʼlim olish uchun DAAD stipendiyasi

  • 15/07/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Germaniya Davlat
  • 03/11/2022 04:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Nemis tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

DAAD tashkiloti ijro sanʼati (raqs, musiqa, xoreografiya, drama, teatr dramaturgiyasi va b.) boʻyicha Germaniya universitetlarida magistratura yoki qisqa muddatli kursda oʻqish istagida boʻlganlar uchun Postgraduate Studies in the Field of the Performing Arts dasturini eʼlon qiladi.

Grant 10 oydan 24 oygacha boʻlgan muddatda amal qiladi. Qisqa muddatli kurslar uchun esa bu bir akademik semestrni qamrab oladi.

Grant yutib olganlarning oʻquv kontraktidan boshqa barcha xarajatlari: yoʻlkira, sugʻurta, ijara, til kurslari va imtihonlari qoplab beriladi hamda oylik stipendiya beriladi.

Grantning amal qilishi har yili 1-oktyabrdan boshlanadi.

Muhim! Grantni yutib olish nomzodning avtomatik ravishda universitetlardan biriga kirishni kafolatlamaydi. Universitetlarga nomzodlarning oʻzlari hujjat topshirishlari va oʻqishga kirishlari kerak. DAAD bu jarayonlarda ishtirok etmaydi. DAAD, shuningdek, oʻqish kontrakt pulini ham qoplamaydi. Agar ariza beruvchiga DAAD tomonidan stipendiya taklif qilinsa, lekin universitetga qabul qilinmasa, u yutgan stipendiyasidan foydalana olmaydi.

Dastur haqida batafsil bu yerda oʻqish mumkin.

Ishtirokchilar 1-iyul kuni soat 06:00 dan 18:00 gacha boʻlgan vaqt ichida oʻzlariga qulay vaqtda savollarga javob berishlari mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturga ijro sanʼati (raqs, xoreografiya, musiqa, drama, teatr dramaturgiyasi va h.k) boʻyicha bakalavr darajasiga ega yoki kelasi oʻquv yilida stipendiya asosida Germaniyada oʻqishi boshlanguncha bakalavrni tugatadiganlar topshirishi mumkin;
  • Bakalavrni tugatganiga 6 yildan oshmagan boʻlishi kerak;
  • Ariza topshirguniga qadar 15 oydan ortiq Germaniyada istiqomat qilmagan boʻlishi lozim;
  • Tanlagan universiteti qabul talablariga javob berishi (til talablari shular jumlasidan) kerak;
  • Ariza berish uchun hech qanday yosh talablari belgilanmagan.

Dasturga qabul talabalari bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Oyiga €861 stipendiya beriladi;
  • Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari qoplanadi;
  • Oʻqish boshlagan paytda bir martalik toʻlov qilib beriladi;
  • Sogʻliqni saqlash, baxtsiz hodisalar va shaxsiy javobgarlikni sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar qoplanadi.

Lozim deb topilsa, stipendiya egalari quyidagi qoʻshimcha imtiyozlarga ega boʻlishlari mumkin:

  • Oylik ijara uchun toʻlov;
  • Oila aʼzolari uchun qoʻshimcha stipendiya;
  • Individual nemis tili kursi uchun toʻlov.

DAAD stipendiya egalariga mamlakatda boʻlishlariga tayyorgarlik koʻrishda nemis tilini oʻrganishlari uchun quyidagi qoʻshimcha xizmatlarni taklif qiladi.

  • Grant mukofoti xati olgandan keyin onlayn til kursi uchun kurs toʻlovlari toʻlanishi;
  • Agar kerak boʻlsa: Germaniyada oʻqish tashrifi boshlanishidan oldin nemis tili kursi bilan taʼminlash (2, 4 yoki 6 oy);
  • TestDaF yoki DSH testlari uchun toʻlovlarni qoplab berish.

Hujjat topshirish

Hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. DAAD portalidan roʻyxatdan oʻtish va ariza berish.
  2. Ijodiy ishlarni topshirish.

DAAD portaliga ariza berish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Akademik va shaxsiy rejalar aks etgan oʻquv rejasi.
  3. Tanlangan kursi haqida maʼlumot (batafsil bu yerda).
  4. Bakalavr diplomi (agar boʻlsa) va baholar tarjimasi ingliz/nemis tiliga oʻgirilib, skanerlab topshiriladi (akademik litsey yoki kollejniki ham tarjima bilan topshirilishi kerak).
  5. 3 betdan oshmagan CV (tabular formatda qilinishi kerak).
  6. Motivatsiya xati (2 betdan oshirmaslik tavsiya qilinadi. Nomzod motivatsiya xatini imzolashi kerak. Elektron imzoni ishlatishga ruxsat berilgan).
  7. Til sertifikati (Nemis yoki ingliz tilidan. Olinganiga 2 yildan koʻp boʻlmasligi kerak).
  8. Dasturga aloqador qoʻshimcha hujjatlar (sertifikatlar, qoʻshimcha tavsiyanoma xati va h.k; bu ixtiyoriy).
  9. Tanlagan oʻqishiga qabul qilinganligi haqidagi xat (agar oʻqishga topshirish muddati DAAD stipendiyasi javoblari chiqqach nihoyasiga yetsa, qabul qilinganlik xatini keyinroq ham topshirish mumkin).
  10. Bir akademik oʻquv semestri uchun almashinuv kursiga ketayotganlar uchun akadem rahbar (Germaniyadagi universitetdan boʻlishi kerak) haqidagi maʼlumotnoma.

Ijodiy ishlarni topshirish uchun

Agar yuqoridagi hujjatlardan kamchilik topilmasa va nomzodga ishonch bildirsa, 16-noyabrga qadar ijodiy ishlarni yuklash uchun nomzodning DAAD shaxsiy kabinetiga link yuboriladi. 30-noyabrga qadar nomzod shu link orqali ijodiy ishlarini yuklashi kerak.

Muhim! Umumiy DAAD portaliga to maxsus link joʻnatilmaguncha ijodiy ishlarni yuklash mumkin emas.

Saralash jarayoni

Badiiy va akademik jihatdan yetuklik darajasi shu vaqtga qadar erishilgan yutuqlar va topshirilgan ijodiy ishlarga asoslangan holda baholanadi.

Grantni yutib olish, shuningdek, nomzodning oʻquv rejasi va motivatsiya xatiga ham asoslanadi.

Bundan tashqari, tanlov komissiyasi baholashda barcha taqdim etilgan majburiy va ixtiyoriy qoʻshimcha hujjatlarga ham asoslanadi.
Saralash jarayoni haqida batafsil bu yerda (E boʻlimiga qarash kerak) olish mumkin.

Muhim! Barcha hujjatlar .pdf formatida saqlanishi va joylanishi kerak. Tarjima qilingan hujjatlar asl nusxasi bilan topshirilishi kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim! Ariza berishdan oldin tez-tez beriladigan savollarga yozilgan javoblar bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Harakatlanishda muammosi bor va surunkali kasallik oqibatlaridan aziyat chekayotganlar uchun bu yerda imtiyoz va yaratilgan sharoit/ nimalar qoplanmasligi haqida maʼlumot berilgan.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bu yerda.

Aloqa uchun:

GRF Elchixonasi: ku-102@tasc.auswaertiges-amt.d

Germaniya
Germaniyada ijro sanʼati boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish yoki qisqa muddatli taʼlim olish uchun DAAD stipendiyasi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar