Germaniyada tasviriy sanʼat, dizayn, vizual aloqa va kino sohasi boʻyicha magistratura, doktorantura va qisqa muddatli kurslarda oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Study Scholarships (DAAD) grant dasturi

Germaniyada tasviriy sanʼat, dizayn, vizual aloqa va kino sohasi boʻyicha magistratura, doktorantura va qisqa muddatli kurslarda oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Study Scholarships (DAAD) grant dasturi

  • 15/07/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Germaniya Davlat
  • 01/12/2022 04:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Nemis tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

DAAD grant dasturi tasviriy sanʼat, dizayn, vizual aloqa va kino sohasi boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan va tamomlaganiga 6 yildan oshmagan xorijiy talabalar uchun magistratura va doktorantura bosqichini o'qish yoki qisqa muddatli, daraja bermaydigan kurslarda o'qish imkoniyatini taqdim etadi.

Dasturga qabul qilingan nomzodlarga oylik stipendiya, sayohat, sugʻurta xarajatlari va nemis tili kurs toʻlovi toʻliq toʻlab beriladi.

Grantni moliyalashtirish tanlangan oʻquv dasturining davomiyligi va nomzodning shu vaqt davomida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab 10 oydan 24 oygacha davom etadi.

Eslatma: Ushbu dastur faqat badiiy va ijodiy sohadagi loyihalarni moliyalashtiradi. Sanʼat tarixi va sanʼatshunoslik sohasidagi nomzodlar yoki ilmiy loyihaga ega rassomlar uchun boshqa DAAD stipendiya dasturlari mavjud. 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Nomzod tanlagan sohasida bakalavr darajasiga ega boʻlishi va diplomini olganiga 6 yildan oshmagan boʻlishi kerak;
  • Dasturning asosiy shartlaridan biri nomzod toʻliq shtat tizimda oʻqishi kerak, yaʼni sirtqi taʼlim va boshqa onlayn kurslarga topshirganlarga grant taqdim etilmaydi;
  • 15 oy va undan ortiqroq muddatdan beri Germaniyada yashab kelayotgan nomzodlar dasturga qabul qilinmaydi;
  • Topshirayotgan sohasining til talablariga: ingliz/nemis mos kelishi kerak.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Oyiga €861 stipendiya beriladi;
  • Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari qoplanadi;
  • Tibbiy, baxtsiz hodisalar, shaxsiy javobgarlik sugʻurtasi qoplab beriladi;
  • Dastur boshlanishidan 2, 4 va 6 oy oldin nemis tili kurslariga qatnashish mumkin. Kurs toʻlovlari DAAD tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Muayyan sharoitlarda nomzodlar quyidagi qoʻshimcha imtiyozlarni olishlari mumkin:

  • Oylik ijara subsidiyasi;
  • Germaniyaga birga kelgan oila aʼzolari uchun oylik moddiy yordam.

Dastur imkoniyatlari haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.

Hujjat topshirish

Ushbu dasturga arizalar ikki bosqichda topshiriladi:
1. Ariza hujjatlarini topshirish
2. Ijodiy ish namunalarini taqdim etish

Birinchi bosqichda

  • Ushbu havola ustiga bosib DAAD portalida roʻyxatdan oʻtiladi;

DAAD portaliga yuklanadigan hujjatlar roʻyxati:

  • Onlayn ariza shakli;
  • Jadval shaklida tayyorlangan CV;
  • Motivatsion xat. Nega aynan dasturni Germaniyada oʻqishni tanlaganliklarini akademik va shaxsiy sabablari koʻrsatilishi kerak (1-3 bet boʻlishi);
  • Tanlagan universitetiga qabul qilinganligi haqida xat (Acceptance Letter. Buni Stipendiyani yutib olgandan keyin ham topshirish mumkin);
  • Qaysi kursni tanlamoqchi boʻlsa (magistratura yoki doktorantura), shu haqida maʼlumotnoma;
  • Universitet baholar transkripti. Bundan har bir fanning bahosi va baholash tizimi haqida batafsil maʼlumot berilishi kerak;
  • Universitet diplomi (yakuniy baholar koʻrsatilgan boʻlishi shart);
  • Nemis tilida o'qishni tanlaganlar uchun nemis tilini bilishini tasdiqlovchi Test-DaF sertifikati. Sertifikat olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi;
  • Ingliz tilida o'qishni tanlaganlar uchun tanlagan dastur talablariga muvofiq keladigan TOEFL, IELTS sertifikati. Olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak;
  • Namuna sifatida topshirayotgan ijodiy ishlarning roʻyxati. Hajmi, yaratilish sanasi va joyi koʻrsatilishi kerak. Ijodiy ishlarni yuborish haqida qoʻshimcha maʼlumot ushbu havolada;
  • Agar ijodiy ishlar jamoa boʻlib yaratilgan boʻlsa shu ishda nomzodning hissasi qanday va qancha ekanligi aytib oʻtilishi kerak.
  • Ariza hujjatlarini topshirish vaqti 2022-yil 30-noyabrga (Toshkent vaqti bilan esa 1-dekabr, 04:00) qadar davom etadi.

Muhim eslatma: Ijodiy ishlar yoki nomzodning portfoliosi DAAD portaliga joylanmasligi kerak. Ijodiy ishlar uchun yuqoridagi barcha hujjatlar qabul qilinganidan soʻng DAAD maʼlumotlar bazasiga joylash uchun alohida havola beriladi.

Ikkinchi bosqichda

  • Arizalar topshirilgach, barcha talablarga javob bersa shunga qarab DAAD maʼlumotlar bazasiga ijodiy ishlarni joylash haqida eng kechi 15-dekabrgacha xabar beriladi va ijodiy ishlar esa nomzodlar tomonidan eng kechi CET vaqti bilan 10-yanvar (Toshkent vaqti bilan 11-yanvar 03:00) kunigacha joylanishi kerak.

Arizalarni ingliz yoki nemis tilida .pdf formatda joylash mumkin. Qoʻshimcha maʼlumotlar ushbu havolada berilgan.

Ariza topshirish jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi axborot va maslahat markaziga murojaat qilish mumkin.

  • Bogʻlanish uchun: ku-102@tasc.auswaertiges-amt.de
Germaniya
Germaniyada tasviriy sanʼat, dizayn, vizual aloqa va kino sohasi boʻyicha magistratura, doktorantura va qisqa muddatli kurslarda oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Study Scholarships (DAAD) grant dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar