Iste’dodli yoshlar uchun “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar tanlovi

Iste’dodli yoshlar uchun “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar tanlovi

  • 15/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 31.08.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    40 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha STARTAP loyihalari boʻyicha arizalar qabul qilinadi.

Tanlovning asosiy maqsadi: Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtidorli va isteʼdodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047 qarorida belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Tanlov ishtirokchilari yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim.

Tanlov doirasida arizalar 2024-yilning 15-iyul kunidan 31-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida toʻldirilib, elektron shaklda yuklanishi lozim.

Maqbullik shartlari

Topshiriladigan startap loyiha shartlari:

  • Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
  • 1 nafar ishtirokchi 1 ta loyiha startap loyiha bilan ishtirok etishi lozim;
  • Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi (40 yosh ham kiradi).

Foydali tomonlari

  • Maʼqul deb topilgan startap loyihalarini moliyalashtirish uchun tegishli miqdorda pul ajratiladi.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havolaga oʻtib, “Yangi lоyiha tорshirish” tugmasini bоsish lоzim.

Tanlovga topshiriladigan startap loyihalarga qoʻyiladigan talablar:

- Startap loyiha anʼanaviy biznes turlaridan ilmiy yangiligi yoki innovatsion elementiga asosan farqli boʻlishi;

- Startap loyihaning jamiyat va iqtisodiyotdagi maʼlum bir muammoning yechimiga qaratilgan boʻlishi;

- Startap loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar aniq koʻrsatilishi va asoslantirilishi;

- Startap loyihani amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi;

- Startap loyihaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan boʻlishi;

- Startap loyihani amalga oshirishga soʻralgan mablagʻ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3000 barobarigacha boʻlishi;

- Taqdim etilgan startap loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilingan, startap loyiha materiallari ishonchli va haqqoniy, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmagan, belgilangan talablar asosida shakllantirilgan boʻlishi;

- Startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yildan oshmasligi lozim.

- Taqdim etilgan startap loyihaning maʼlumotlari haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha: +998 (71) 203-32-23

Oʻzbekiston
Iste’dodli yoshlar uchun “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar