Tavsif
Oʻzbekiston bolalar tashkiloti tomonidan 2024-yilning 19-23-may kunlari I Respublika bolalar forumi taqdim etiladi.
Fоrum Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da tashkil etiladi.
Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga oʻz tashabbus hamda gʻoyalarini bildirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.