Tavsif
USFUCA, UNESCO Tinchlik markazi, World Genesis Foundation jamgʻarmasi va WhizJuniors tashkilotlari hamkorlikda butun dunyo yoshlarini bu yilgi UNESCO Clubs 2022 Worldwide Youth Multimedia Competition tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.
Tanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad — hozirgi kunda jamiyatga xizmat qilish, global muammolarga oqilona yechim topish uchun yoshlarda optimizm ruhini oshirish va oʻzaro aloqalarni rivojlantirishdir. Oʻtgan yilgi mavsumda 81 dan ortiq mamlakatdan isteʼdodli ishtirokchilar 5000 dan ortiq loyihalarni taqdim etishdi va oʻz dunyoqarashlarini oshirish bilan birga oʻzaro ezgu niyatda birlashish baxtiga muyassar boʻldilar.
Ushbu tanlovda 3 xil yosh toifasidagi ishtirokchilar qatnashishlari mumkin:
- 1-guruh — Juniors — 10 dan14 yoshgacha;
- 2-guruh — Youth — 15 yoshdan 19 yoshgacha;
- 3-guruh — Young Adult — 20 yoshdan 24 yoshchaga.
Ushbu yosh toifasiga kiruvchilar tanlov savoliga javobni video, insho yoki boshqa ijodiy yoʻl bilan joʻnatishlari mumkin.
Har bir yosh toifasidagi uch nafar final ishtirokchisiga oʻz ismlari oʻyib yozilgan rasmiy yorliq va sertifikat beriladi. Qolaversa, AQShning Merilend shtati, Frederik shahridagi Hood kollejida oʻtkaziladigan YUNESKOning “Koinot quruvchilari — Builders of the Universe Camp” oromgohiga taklifnoma oladilar.