10 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan o'zbekistonlik yoshlar uchun "Yosh kitobxon" tanlovi. Bosh sovrin - yengil avtomobil
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Dek, 2021 · Muddat tugagan

10 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan o'zbekistonlik yoshlar uchun "Yosh kitobxon" tanlovi. Bosh sovrin - yengil avtomobil

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan har yili oʻtkazilib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining navbatdagi mavsumiga start berildi.

Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad:

  • Yoshlarning barcha qatlamini kitob oʻqishga daʼvat etish hamda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish;
  • Yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-koʻnikmalarini yanada yuksaltirish;
  • Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash;
  • Yoshlarni oʻzlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish.

Tanlov quyidagi uchta yosh toifasi boʻyicha alohida tartibda oʻtkaziladi:

  • 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan yoshlar (01.01.2007-01.01.2011 yillar orasida tugʻilganlar);
  • 15 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar (01.01.2002-01.01.2006 yillar orasida tugʻilganlar);
  • 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar (01.01.1991-01.01.2001 yillar orasida tugʻilganlar);

Tanlov shartlari va oʻtkazilish tartibi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan millati, tili, dini, irqi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar 10 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Eslatma! Ishtirokchilarning talabidan kelib chiqib, ularning tanlov jarayonida qoraqalpoq va rus tillaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovning hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi gʻoliblari:

  • Uchta yosh toifasida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilarning har biri noutbuk, diplom va tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanma bilan;
  • Uchta yosh toifasida 2-oʻrinni egallagan ishtirokchilarning har biri planshet va diplom bilan;
  • Uchta yosh toifasida 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilarning har biri telefon va diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblari:

  • Uchta yosh toifasida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilarning har biri “Prezident sovgʻasi” yengil avtomobil va diplom bilan;
  • Uchta yosh toifasida 2-oʻrinni egallagan ishtirokchilarning har biri 50 million soʻm pul mukofoti va diplom bilan;
  • Uchta yosh toifasida 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilarning har biri 30 million soʻm pul mukofoti va diplom bilan;
  • Respublika bosqichining qolgan barcha ishtirokchilari 10 million soʻmdan pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot telegram manzili yoki 1093 qisqa raqami orqali roʻyxatdan oʻtish va qoʻshimcha maʼlumotlar bilan tanishib borish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

“Yosh kitobxon” tanlovi boʻyicha eng koʻp berilayotgan savollarga javoblar:

• Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot orqali yoki 1093 qisqa raqami orqali roʻyxatdan oʻtiladi;

• Tanlovda foydalaniladigan adabiyotlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqing;

• Tanlov nizomini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin;

• Tanlovning saralash bosqichlari joriy yilning 14-16-dekabr kunlari barcha tuman(shahar)larda boʻlib oʻtadi;

“Yosh kitobxon” boʻyicha barcha yangiliklarni @yoshkitobxonuz sahifasi orqali kuzatishingiz mumkin.

Tanlovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: Telegram Instagram Facebook Youtube

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 10, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 10 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan o'zbekistonlik yoshlar uchun "Yosh kitobxon" tanlovi. Bosh sovrin - yengil avtomobil
24 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.