“1000 Girls, 1000 Futures” qizlar uchun STEM yoʻnalishidagi bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan Xalqaro loyiha
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
31 Iyl, 2021 · Muddat tugagan

“1000 Girls, 1000 Futures” qizlar uchun STEM yoʻnalishidagi bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan Xalqaro loyiha

Almashinuv (Maktab) Amaliyot Bepul o'qish

Tavsif

Nyu-York Fanlar akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan butun dunyo Xotin qizlar uchun ‘1000 Girls, 1000 Futuresʼ STEM murabbiylik dasturi — ya’ni ularning ilm-fan, texnologiya, muhandislik, matematika yoʻnalishidagi bilimlarini oʻstirishga, ko’nikmalarini rivojlantirishga va o’z martabalarini oshirishga qaratilgan xalqaro tashabbusdir.

Akademiya yosh qizlarga oʻz mahoratini oshirishda va boshqa fikrlovchi ayollar bilan xavfsiz, doʻstona, onlayn muhitda bogʻlanishda yordam berishga masʼuldir. Shuningdek, qizlarning kelajakdagi kasbiga tayyorgarlik koʻrish uchun mahoratini oshirishda yordam beradigan ayol STEM mutaxassislari bilan ishlash imkoniyatiga ega boʻlishiga chorlaydi.

Loyiha davomida hozirda rivojlantirishga yoʻnaltirilgan muammoli modullar ustida ish, tajriba olib boriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 13-17 yosh oralig'ida bo'lish;
  • Ingliz tilida ravon soʻzlash
  • Internetga ulangan kamida bitta aloqa vositasi smartfon, planshet, noutbuk, kompyuterga ega bo'lish kerak

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda qatnashish butunlay tekin;
  • Dastur davomida STEM sohasidagi ayol mutaxassislar bilan birga ishlash imkoniyati mavjud;

Topshirish jarayoni

  1. Dasturga qatnashish uchun arizalar ushbu havola orqali amalga oshiriladi
  2. Shundan so'ng
    1. O'zingiz haqingizdagi savollarga javob berishingiz va
    2. Talab qilingan esseylarni yozishingiz kerak
  3. Qo'shimcha savollarga ushbu sahifa so'nggidagi tez-tez so'raladigan savollardan javob olishingiz mumkin

Qo'shimcha ma'lumot

Qabul qilish toʻgʻrisidagi xabar sentyabr oyi oʻrtalarida beriladi. Ushbu taklifni olganingizdan keyin bir hafta ichida ota-ona roziligini tasdiqlovchi imzo bilan yuborishingiz kerak boʻladi. Barcha maʼlumotlar tekshirilgandan soʻng, siz Launchpadga qoʻshilishingiz uchun elektron pochta orqali taklifnoma yuboriladi.

Murojaat uchun

Email: GSA@nyas.org nyas@nyas.org 

Tel: 1 800 843 6927 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Almashinuv (Maktab)

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 13, Max: 17

AQSh “1000 Girls, 1000 Futures” qizlar uchun STEM yoʻnalishidagi bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan Xalqaro loyiha
31 Iyl, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.