Tavsif
The Foyle Young Poets of the Year Award tanlovi butun dunyodagi 11-17 yoshdagi shoirlar uchun eng katta sheʼriyat tanlovidir.
Tanlov tashkilotchisi — The Poetry Society. Ushbu tanlov 1998-yilda tashkil etilgan boʻlib, Sara Xou, Fibi Pauer, Richard Osmond, Jey Bernard va Xelen Mort kabi bugungi kunda eng mashhur shoirlarning karyerasi boshlashga sababchi boʻlgan.
Tanlovda 11-17 yoshli barcha davlat fuqarolari oʻz sheʼrlari bilan ishtirok etishi mumkin. Tanlovga topshiriladigan sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak. Sheʼrlarning mavzu doirasi va hajmi chegaralanmagan.
Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan birgalikda Angliyaning London shahrida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif qilinadi.
Tanlovda qatnashish uchun oxirgi muddat — 2026-yil 31-iyul.
The Foyle Young Poets of the Year Award tanlovi haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.