8-18 yoshli qizlar uchun Technovation Girls xalqaro texnologik tanlovi; 12 haftalik bepul oflayn treninglarda ishtirok etish imkoniyati
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
17 Mar, 2025 · Muddat tugagan

8-18 yoshli qizlar uchun Technovation Girls xalqaro texnologik tanlovi; 12 haftalik bepul oflayn treninglarda ishtirok etish imkoniyati

Xalqaro musobaqalar Bepul ishtirok

Tavsif

Technovation — qizlarga yetakchilik, kreativlik, va oʻz tashabbusi bilan turli muammolarga yechim topishni oʻrganish imkoniyatini beruvchi global texnologik taʼlim boʻyicha notijorat tashkilot hisoblanadi. Tashkilotning Technovation Girls xalqaro texnologik tanlovi qizlarni (8-18 yoshdagi) texnologiya sohasida tadbirkorlik va yetakchilik qilish uchun tayyorlaydi. Volontyor mentorlar va ota-onalar koʻmagida qizlar oʻz jamoalari bilan jamiyatdagi ijtimoiy muammolarga yechim taklif etuvchi mobil ilovalarni ishlab chiqish ustida ishlaydi. Dastur 12 haftalik oflayn treninglar va amaliy seminarlardan tashkil topgan oʻquv rejasiga egadir. Shuningdek, onlayn seminarlarda Oʻzbekistonning barcha hududidan boʻlgan jamoalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov va oʻquv dasturi haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.

Tanlovning Oʻzbekiston miqyosidagi bosqichi haqida batafsil maʼlumot bilan Technovation Girls Uzbekistan rasmiy telegram kanali orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda 2025-yil 1-avgust hоlatiga kоʻra 8-18 yoshdagi qizlar ishtirok etishi mumkin;
  • Oʻquv dasturi toʻliq ingliz tilida boʻlganligi sababli nomzodlar ingliz tilini bilishi zarur;
  • Tanlovda ishtirok etish uchun rasmiy saytdan roʻyxatdan oʻtish va jamoaga qoʻshilish lozim;
  • Ishtirokchilar 12-haftalik trening va seminarlarda ishtirok etish uchun vaqt ajrata olishi lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • STEM boʻyicha bilimlarini oshirish;
  • Texnologiya sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan qizlar bilan tanishish va ular koʻmagida oʻzining amaliy loyihasini amalga oshirish;
  • Jamoada ishlash qobiliyatini shakllantirish;
  • Dastur orqali oʻz jamiyatidagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga hissa qoʻshish.

Muhim! Oʻzbekistondagi eng yaxshi jamoalar tanlovning xalqaro bosqichida ishtirok etish uchun AQShning Kremniy vodiysiga joʻnatiladi.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun onlayn tarzda rasmiy saytdan roʻyxatdan oʻtish va jamoalarga qoʻshilish lozim.

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni haqida ushbu havola orqali qoʻshimcha ma'lumot olish mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovning Oʻzbekiston miqyosidagi bosqichi haqida batafsil maʼlumot bilan Technovation Girls Uzbekistan rasmiy telegram kanali orqali tanishib chiqish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 12, Max: 18

  • Jins

    Ayol

AQSh 8-18 yoshli qizlar uchun Technovation Girls xalqaro texnologik tanlovi; 12 haftalik bepul oflayn treninglarda ishtirok etish imkoniyati
17 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.