1000 Girls, 1000 Futures — fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga (STEM) qiziquvchi yosh qizlarni jalb qilish, ularga STEM sohasidagi faoliyatini boshlashda mentorlik qilish va XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion mentorlik dasturi hisoblanadi.
Nyu York Fanlar akademiyasi dastur orqali butun dunyo boʻylab 13-17 yoshli qizlarni STEM sohasidagi ayol mutaxassislarning mentorligidan foydalanish, universitetga tayyorgarlik va yetakchilik kurslarida ishtirok etish va STEMga ishtiyoqli boshqa qizlar bilan muloqot qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Ishtirokchilarga mustaqil ravishda oʻrganish va Akademiyaning onlayn oʻquv platformasi boʻlgan Launchpadda jamoa boʻlib ishlash imkoniyatini beradi. Launchpadda ishtirokchilar berilgan vazifalarni mustaqil ravishda bajarib boradi va tengdoshlari bilan turli loyihalar ustida ishlash orqali oʻrganganlarini amaliy qoʻllab koʻradilar.
Mentorlar ishtirokchilarga universitetga ariza berish jarayonidan tortib, professional faoliyatidagi maqsadlarini belgilashgacha dastur davomida yoʻl-yoʻriq koʻrsatadilar.
Dastur 2022-yil sentyabrda boshlanadi va 2023-yil iyunda tugaydi.
Dastur haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.
Dastur talablari:
Barcha dastur talablari va shartlari bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.
Dastur davomida, ishtirokchilar:
Dastur imkoniyatlari haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.
Bogʻlanish uchun: GSA@nyas.org.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun rasmiy saytda tez-tez soʻraladigan savollar qismi — FAQs bilan tanishib chiqish mumkin.
Tanlov natijalari 2022-yil avgust oyining oxirigacha yuboriladi.