Tavsif
13-18 yosh oraligʻidagi qizlar uchun STEM fanlarini oʻziga xos tarzda oʻrgatuvchi Unite Girls dasturi taqdim etiladi. Dastur bir oy davomida onlayn, yaʼni Zoom platformasi orqali olib boriladi. Darslar haftada uch marta boʻladi (dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 20:00 da).
Dasturdan asosiy maqsad bilimga chanqoq va ishtiyoqli yosh qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda qizlarning STEM fanlari boʻyicha xabardorligini oshirish va yangi imkoniyatlar bilan taʼminlashdir.
Dasturda quyidagi fanlarni oʻrganish mumkin:
- Biologiya;
- Kimyo;
- Matematika;
- Dasturlash;
- Fizika (faqat ingliz tilida).
Maʼlumot uchun: Unite Girls — bu qizlar oʻz sohasi mutaxassislaridan STEM fanlarini oʻziga xos tarzda oʻrganishi uchun tashkil etilgan dastur hisoblanadi. Dastur oʻqituvchilari STEM fanlari boʻyicha koʻplab xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan, koʻplab xalqaro dasturlarda qatnashgan hamda Yaponiya, Polsha va AQShga oʻqish uchun borib kelgan mutaxassislardir. Ayrim oʻqituvchilar oʻz fanlari boʻyicha oʻz kitoblarini ham yozishgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.