13-18 yoshdagi oʻquvchi va talabalar uchun mukofot puli jami $400,000 gacha boʻlgan Breakthrough Junior Challenge video tanlovi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
14 Sen, 2025 · Muddat tugagan

13-18 yoshdagi oʻquvchi va talabalar uchun mukofot puli jami $400,000 gacha boʻlgan Breakthrough Junior Challenge video tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Breakthrough Junior Challenge” har yili oʻtkaziladigan tanlov boʻlib, global miqyosda oʻquvchilarni fan haqida ijodiy fikrlashga ruhlantirishni maqsad qilgan. Dunyo boʻylab mamlakatlardan 13 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar hayot fanlari (life sciences), fizika yoki matematika boʻyicha tushuncha yoki nazariyalarini oʻzlarining original videolari (maksimal uzunligi 2 daqiqa) orqali tanlovga taqdim etishlari mumkin.

Tanlov “Breakthrough Prize” jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unga Yuriy Milner va uning rafiqasi Yuliya tomonidan ilm-fan va ilmiy gʻoyalar almashinuvini qoʻllab-quvvatlash uchun “Giving Pledge” dasturi doirasida asos solingan.

Tanlov 4 bosqichda oʻtkaziladi:

Birinchi bosqich — “Peer-to-peer” review. Ushbu bosqichda ishtirokchilardan boshqa nomzodlarning ishlarini baholashlari soʻraladi. Kamida 5 tagacha ishni baholamagan qatnashchilar tanlovdan chetlatilishi mumkin.

Ikkinchi bosqich — “Evaluation panel”. Birinchi bosqichda eng yaxshi deb topilgan 75 ta ishtirokchining ishlari baholash mezonlariga muvofiq baholash kengashi tomonidan saralanadi. Unga koʻra 7 ta mintaqaning har biridan 2 tagacha jami 30 ta eng yaxshi videolar tanlab olinadi va uchinchi bosqichga oʻtkaziladi.

Uchinchi bosqich — “Popular vote”. Yuqorida tanlab olingan 30 tagacha boʻlgan videolar tanlovning Facebook sahifasida 16 kungacha muddatda ovozga qoʻyiladi. Ushbu bosqichda jami 15 tagacha boʻlgan eng koʻp reaksiya toʻplagan nomzodlar hududiy gʻoliblar deb topiladi va toʻrtinchi bosqichga yoʻllanma oladi.

Toʻrtinchi bosqich — “Selection Comittee”. Finalchilarning ishlari tanlov saytida koʻrsatilgan ekspertlardan iborat tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Tanlov komissiyasining koʻrib chiqish natijalaridan eng yuqori ball toʻplagan “Finalchilar” (5 tagacha) “Trait scoring” rubrikasi asosida toʻrtinchi bosqichga oʻtadi. Musobaqa homiysi eng yaxshi beshta arizani baholaydi va gʻolibni “Trait scoring” rubrikasi asosida tanlaydi. Musobaqa homiysi raisi toʻrtinchi bosqich yakunida gʻolibni tanlash uchun yakuniy, yagona va mutlaq javobgarlikka ega.

Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchiga jami 400,000 dollar qiymatga ega boʻlgan mukofot puli ajratiladi. Ushbu summa ishtirokchining kelgusida oʻqish toʻlovlarini qoplashga, uning maktabiga hamda nomzodni qoʻllab-quvvatlagan oʻqituvchiga mos ravishda ajratiladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Tanlovda 13-18 yosh oraligʻida boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
  • Voyaga yetmagan ishtirokchilar ota-ona yoki vasiyining qonuniy ruxsatnomasiga ega boʻlishi kerak;
  • Agar nomzod AQShning keng qamrovli iqtisodiy sanksiyalariga kiritilgan har qanday mamlakat yoki mintaqada istiqomat qiladigan yoki AQSH qonunchiligiga koʻra AQSh fuqarolari bilan muomala qila olmaydigan jismoniy shaxslar tanlovda qatnasha olmaydi. Sanksiyalar oʻrnatilgan davlatlar roʻyxati bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Musobaqa homiysi tomonidan homiylik qilingan yoki shunga oʻxshash musobaqalarning oldingi yillardagi gʻoliblari ushbu tanlovda qatnasha olmaydi;
  • Faqat jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin;
  • Guruh boʻlib qatnashish mumkin emas;
  • Har qanday donor, direktor, mansabdor shaxs, xodim, tanlov homiysi yoki uning pudratchisi, baholash guruhi aʼzolari, tanlov qoʻmitasi aʼzolari va yuqorida sanab oʻtilganlarning oila aʼzolari tanlovda qatnashishi taqiqlanadi;
  • Topshirilgan ishlar, ularning matni va berilgan ovozi ingliz tilida boʻlishi kerak;
  • Video davomiyligi 2 minut boʻlishi lozim;
  • Nomzodlar roʻyxatdan oʻtib, arizalarini topshirgandan soʻng, ulardan “Peer-to-peer” revyuda oʻz tengdoshlarining ishlarini koʻrib chiqib, ularni baholashlari ham soʻraladi. Tanlovda ishtirokni davom ettirish uchun qatnashchilar 2025-yil 30-sentyabrga qadar kamida 5 ta ishni koʻrib chiqishlari lozim. “Peer-to-peer” bosqichi haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Mukofot ishtirokchilarning faqat oʻqish toʻlovlarini qoplashi uchungina beriladi. Stipendiyaning amal qilish muddati nomzod maktab yoki oʻrta maxsus taʼlimni bitirganidan soʻng 8 yilgacha qilib belgilangan;
  • Topshirilgan ishlar kreativ va oʻziga xos boʻlishi lozim. Oldingi yillardagi gʻoliblar va ularning ishlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Nomzodga kelgusida oliy taʼlimda oʻqish, turarjoy hamda oziq-ovqat toʻlovlarini qoplashi uchun $250,000 miqdorda stipendiya beriladi;
  • Nomzodning maktabini, agar unda ilmiy laboratoriya boʻlsa, jihozlarini yangilash va taʼmirlash uchun $100,000 miqdorda mablagʻ ajratiladi;
  • Gʻolibni ilhomlantirgan oʻqituvchiga $50,000 mukofot puli beriladi.

Jami mukofot puli $400,000 ni tashkil etadi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar ushbu veb-saytdan roʻyxatdan oʻtishlari hamda ekranda koʻrsatilgan yoʻriqnomalar asosida oʻz arizalarini topshirishlari mumkin.

Eslatma: Videoning uzunligi 2 daqiqadan koʻp boʻlmasligi lozim. Videolar YouTube hamjamiyati qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim. Qoidalar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati 2025-yil 15-sentyabr.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovga 2025-yil 15-sentyabrga qadar arizalar qabul qilinadi.

Peer-to-peer bosqichi uchun soʻngi muddat: 2025-yil, 30-sentyabr.

Maʼmuriy tekshirish 1-3 oktyabr kunlari oʻtkaziladi.

Topshirilgan ishlari 4-oktyabr hamda 25-oktyabr oraligʻida baholash paneli tomonidan koʻrib chiqiladi.

26-avgustdan 18-noyabrga qadar finalistlar eʼlon qilinadi.

24-noyabr va 29-dekabr oraligʻida ishtirokchilarning ishlari ijtimoiy tarmoqlarda ovoz yigʻish uchun joylanadi.

Gʻolibni aniqlash sanasi keyinroq e'lon qilinadi.

Eng koʻp soʻralgan savollar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: challenge@breakthroughjuniorchallenge.org 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 13, Max: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh 13-18 yoshdagi oʻquvchi va talabalar uchun mukofot puli jami $400,000 gacha boʻlgan Breakthrough Junior Challenge video tanlovi
14 Sen, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.