Umumiy maʻlumotlar
Canada/USA Mathcamp - Kanada/AQSh matematika oromgohi bu matematik iqtidorga ega boʻlgan oʻrta maktab oʻquvchilari uchun 5 haftalik intensiv yozgi dastur hisoblanadi.
Dasturning asosiy maqsadi matematika fanining ahamiyati va oʻrinini ochib berishdan iborat.
Dastur davomida oʻquvchilar bakalavriat va hatto magistratura darajasidagi mavzularni oʻrganishlari, ular oʻqishni tanlagan har qanday sohada ularga yordam beradigan muammolarni hal qilish koʻnikmalarini shakllantirishlari mumkin.
2025-yilgi lager 29-iyundan 3-avgustgacha AQShning Portland shahridagi Lewis & Clark universitetida boʻlib oʻtadi.
Nomzodlardan matematika fani boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlishlari hamda ushbu koʻnikmalarni ingliz tilida yetkazib bera olish qobiliyati talab etiladi.
Oʻquvchilar moliyaviy yordamga hujjat topshirish hamda oʻz sayohatlarini toʻliq yoki qisman qoplanishini qoʻlga kiritishlari mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Dasturda maktabning oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin;
- Qatnashchilar 13-18 yosh oraligʻida boʻlishi lozim. (2006-yil 3-avgust va 2012-yil 29-iyun orasida tug’ilgan bo’lish kerak); 19 yoshdagilar ham qatnashishi mumkin, ammo maktabda o'qiyotgan bo'lishi yoki yaqinda bitirgan bo'lishi kerak;
- Ishtirokchilar oromgohda faol qatnashishlari uchun algebra, geometriya, logarifmlar kabi bir qator fanlar doirasida yetarlicha bilimga ega boʻlishlari kerak;
- Nomzodlardan ingliz tilida matematika bilan shugʻullana olishlari talab etiladi.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilingan nomzodlar moliyaviy yordam uchun ariza topshirishlari mumkin. Ularning holatiga koʻra dastur ishtirokchilarning xarajatlari quyidagi 4 turdagi grant asosida qoplab beriladi:
- 1-turdagi moliyaviy yordam (fully funded) - dasturga qatnashish to’lovidan ozod etiladi, AQShga borish va kelish xarajatlari qoplanadi, kundalik xarajatlar uchun mablag’ beriladi, viza va tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi;
- 2-turdagi moliyaviy yordam - faqat dasturga qatnashish to’lovidan to’liq ozod etiladi;
- 3-turdagi moliyaviy yordam - dasturga qatnashish to’lovining 50 foizidan ozod etiladi;
- 4-turdagi moliyaviy yordam - dasturga qatnashish to’lovining 25 foizidan ozod qilinadi.
Moliyaviy yordam boʻyicha batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib, oʻz hisob (akkaunt)larini yaratishlari va quyidagi hujjatlarni dasturga taqdim etishlari lozim:
- Asosiy shaxsiy hamda kontakt maʼlumotlar;
- Nomzodning maktabi va matematika boʻyicha tajribasi haqida maʼlumot;
- Motivatsion xat;
- Saralash viktorinasi boʻyicha savollar toʻplami;
- 2 ta tavsiyanoma;
- Moliyaviy yordam olishni istaydiganlar stipendiya uchun ariza ham topshirishi kerak.
Moliyaviy yordam uchun ariza topshirish ushbu havola orqali amalga oshiriladi. Ushbu ariza ota-onalar yoki qonuniy vakila tomonidan toʻldirilishi lozim.
Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati 2025-yil 26-fevral.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Dasturga qabul qilinganlik toʻgʻrisida javoblar 2025-yil 17-apreldan boshlab eʼlon qilinadi.
Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Qoʻshimcha savol va murojaatlarni ushbu havola orqali qoldirish mumkin.