Tavsif
International Christian University (ICU) va Yaponiya ICU Jamgʻarmasi tomonidan 14-18 yosh oraligʻidagi barcha ijodkorlar uchun insholar tanlovi — ICU Global Youth Essay Competition 2024 taqdim etiladi.
Dasturdan asosiy maqsad butun dunyo yoshlarini jamiyatni yanada yaxshilash boʻyicha oʻz fikrlarini baham koʻrishga chorlash va global muammolar uchun yangi yechimlar kashf qilishdan iborat.
Insholar quyidagi mavzulardan birida yozilishi kerak:
- Contribute to World Peace;
- Cultural Life.
Maʼlumot uchun: International Christian University Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan xususiy universitet boʻlib, unga 1953-yilda asos solingan. Universitetning asosiy maqsadi talabalarni xalqaro muhitda adolatli va tinch dunyo boshqaruvchisi boʻlishga oʻrgatishdan iborat.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.