Tavsif
2025 Leaders Of Tomorrow Digital Exchange Program (LOT) — xalqaro yoshlar uchun onlayn almashinuv dasturi. 2024-yil uchun dasturning asosiy mavzusi “Tinchlik” (Peace) boʻlib, dastur quyidagilardan iborat boʻladi:
- ochiq muloqotlar;
- video qoʻngʻiroqlar;
- onlayn seminarlar.
Ishtirokchilar madaniy xilma-xillik, boshqa ishtirokchilar orasidagi farqlar va turli mentalitetlarni qabul qilishni oʻrganadilar. Dastur, ishtirokchilarni oʻzlarining komfort zonasidan (qulay qobigʻi) chiqarib, boshqa mamlakatlarning madaniyati, anʼanalari, tilini tushunish va nizolarni hal qilish imkonini beradigan dastur tadbirlarida ishtirok etish orqali xalqaro miqyosda yoshlar oʻrtasidagi oʻzaro tushunishni kuchaytiradi.
Dasturning asosiy maqsadi — oʻzaro tushunish va hamkorlikni shakllantirish, muammolarni hal qilish koʻnikmalarini va tanqidiy fikrlashni takomillashtirish orqali yoshlarni tinchlik yetakchilari va elchilariga aylanishga chorlash.
Dastur 2025-yil iyun-avgust oylari oraligʻida oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni rasmiy saytdan olish mumkin.