Tavsif
Avgust oyining ikkinchi yarmida IT sohasiga qiziqadigan, 14-24 yoshli 50 nafar iqtidorli qizlar uchun maxsus ICT4Girls sport dasturlash oromgohi tashkil etiladi.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayonida test koʻrinishida birlamchi saralash oʻtkaziladi. Bunda nomzod tanlagan dasturlash tili boʻyicha 10 ta test topshirigʻi beriladi. Berilgan test topshirigʻidan kamida 5 ta savolga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar Oromgoh uchun 2-bosqich saralash — hududlarda tashkil etiluvchi saralash bosqichida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Dastur gʻoliblari 10 kunlik ICT4Girls sport dasturlash oromgohida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi!
ICT4Girls sport dasturlash oromgohida ishtirok etish uchun 13-iyul soat 23:59ga qadar roʻyxatdan oʻtish lozim.