Tavsif
14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar uchun Rossiyada oʻtkaziladigan festival — World Youth Festival taqdim etiladi.
Dasturdan maqsad xalqaro aloqalarni oʻrnatish uchun doʻstona muhitni yaratish va shijoatli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Festival loyihalarda, tashabbuslarda va jamiyatda faollik koʻrsatganlarni birlashtiradi.
Ishtirokchilar quyidagi kategoriyalar boʻyicha qatnashishlari mumkin:
- Education and Science;
- Entrepreneurship;
- Public Administration;
- Sport;
- Media;
- Creative Industries and Creativity;
- IT and digitalization.
Dasturda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- Business-oriented approach entrepreneurial spirit or entrepreneurship;
- Cryptocurrency financial tool or fraud;
- AI friend or enemy;
- Education traditional or applied;
- Sport way of life or sublimation.
Dastur 2025-yilning 17-21-sentyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida oʻtkaziladi. Bundan tashqari Rossiyaning boshqa shaharlari boʻylab Rossiyaning 10 ta mintaqasida mintaqaviy mehmondoʻstlik dasturi tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.