Tavsif
Markaziy Osiyoda fransuz madaniy tarmogʻi Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari uchun fransuz tilini biluvchi barcha uchun navbatdagi onlayn Olimpiadani tashkil etadi.
Ushbu tanlovda jami 7 kategoriya boʻyicha ishtirok etish mumkin:
- 14 yoshdan katta boʻlgan maktab oʻquvchilari;
- 14 yoshdan katta boʻlgan fransuz maktablarining oʻquvchilari va millati fransuz oʻquvchilar;
- Fransuz tilidan mutaxassis talabalar (fransuz tilini birinchi yoki ikkinchi xorijiy til sifatida oʻrganayotgan talabalar, shuningdek, ikki tomonlama diplom dasturlari talabalari);
- Fransuz tili mutaxassisligi boʻlmagan talabalar (boshqa mutaxassislikka ega boʻlgan, yoʻnalishida fransuz tili asosiy fan boʻlmagan talabalar;
- Fransuz tili oʻqituvchilari va mutaxassislari (oʻqituvchilar, tarjimonlar, shuningdek, fransuz tilida ishlaydigan ishtirokchilar);
- Boshqa holatlar, fransuz tilida soʻzlashuvchilar;
- Boshqa holatlar, fransuz zabon boʻlmaganlar.
Olimpiada 3 bosqichda oʻtkaziladi:
- Birinchi bosqich: 9-aprel — yozma qism onlayn (test);
- Ikkinchi bosqich: 10-aprel — yozma qism onlayn (diktant);
- Uchinchi bosqich: 19/20 aprel — hakamlar hayʼati bilan birgalikda onlayn ogʻzaki qism.
Tanlov nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.