Umumiy maʻlumotlar
15-17 yoshdagi qizlar uchun Amerikada bo‘lib o‘tadigan butun dunyo boʻylab yosh ayollarga ilm-fan va texnologiya sohasida martaba orttirishga imkon berish va ilhomlantirish uchun moʻljallangan 4 haftalik TechGirls xalqaro yozgi almashinuv dasturi e’lon qilinadi. Dasturning asosiy qismi Virjiniya Texnologiya Universitetida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar interaktiv kompyuter va texnologiya lagerlarida hamda ish o‘rinlarini o‘rganish va jamoat ishlarida qatnashish maqsadida bir necha shaharlarga tashrif buyuradilar.
TechGirls dasturi fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohasida yetakchi ayollarning keyingi avlodini birlashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi, ularga o‘z mahoratini rivojlantirish va orzularini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar beradi. Shuningdek, dastur ishtirokchilarning yo‘l, turar-joy, ovqatlanish kabi barcha xarajatlarini qoplaydi.
Maqbullik shartlari
- Belgilangan davlatlardan birining fuqarosi bo‘lishi (O‘zbekiston alohida qayd etilgan);
- Nomzodlar dastur boshlanish sanasida (07.07.2022) 15-17 yosh orasida bo‘lishi;
- Ilg‘or ko‘nikmalar va ilmiy tadqiqotlarda texnologiya, muhandislik va/yoki matematikaga sohalarida o‘zlarining ilg‘or qobiliyatlarini, jiddiy qiziqishlarini namoyish qila olishlari;
- Nomzod texnologiya sohasi oliy ta’lim olish yoki karyera qilishni maqsad qilgan bo‘lishi;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi;
- Nomzodlar salohiyatli, moslashuvchan hamda fikrini ochiq bayon qila oladigan bo‘lishi;
- Nomzodlar o‘z vatanlariga qaytgandan keyin o‘rta maktabning kamida bir semestrida o‘qishlari kerak;
- Nomzodlar o‘z vatanlariga qaytgach jamiyatga oid loyihani amalga oshirishlari kerak;
- Avval AQSH da bo‘lmagan yoki cheklangan muddatda bo‘lganlarga imtiyoz beriladi. Agar Ta’lim va Madaniyat almashinuv dasturi (ECA) doirasida oxirgi 3 yil ichida AQSHda bo‘lgan nomzodlar bu dasturga ariza topshira olmaydilar.
- AQSh elchixonasi AQSh Davlat departamenti xodimlari, boshqaruvchi tashkilotning yoki hamkor tashkilotlarning oila a’zolari bu dasturga arizatopshiraolmaydilar.
TechGirls turli xil ma’lumot va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, shu jumladan nogiron bo‘lgan nomzodlarni ariza berishga chaqiradi.
Ushbu havola orqali dastur bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.
Foydali tomonlari
Dastur quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
- Viza to‘lovi;
- Borib-kelish xarajatlari;
- Turar-joy (ikki kishilik yotoqxonaga joylashtiriladi);
- Ovqatlanish xarajatlar;
- Dastur tadbirlariga borish uchun jamoa transportlaridan foydalanish xarajatlari;
- Legacy International tomonidan tashkillashtirilgan madaniy tadbirlarda qatnashish;
- Favquloddagi holatlarda tibbiy sug‘urta xarajatlari.
Hujjat topshirish
Dasturga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
Arizada quyidagi savollar so‘raladi:
- Shaxsiy savollar;
- Maktabda olgan baholari;
- Texnologiyaga oid birorta kursga qatnashganligi;
- Texnologiyaga doir biror faoliyat yuritgani yoki dastur qatnashganligi va erishgan yutuqlari;
- Texnologiyaga qiziqishingizga sabab bo‘lgan omil, bu dasturga qatnashishingizdan ko‘zlagan maqsadingiz kabi savollarga javob berish so‘raladi.
Ariza topshirish jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar suhbatga chaqiriladi. Suhbat nomzodning mamlakatidagi AQSH elchixonasida bo‘lib o‘tadi.
- Ariza topshirish haqida quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: