Tavsif
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, IT Park va Albison akademiyasi tomonidan WEB-FULLSTACK yoʻnalishi boʻyicha qizlar uchun ingliz tilida bepul intensiv IT GIRLS kursi tashkil etilmoqda.
Kursning asosiy maqsadi – qizlarning axborot texnologiyalari sohasiga boʻlgan qiziqishini orttirish hamda sohada oʻz salohiyatini kuchaytirish uchun zarur bilim va koʻnikmalarni taqdim etish.
Ushbu kurs dasturlashni oʻrganishni endi boshlagan yoki mustaqil oʻrganishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan, shu bilan birga, ingliz tilini mukammal egallagan qizlarga moʻljallangan. Kurs davomida barcha qoʻshimcha oʻquv materiallar toʻliq ingliz tilida berib boriladi. Bundan tashqari, doimiy ravishda soft skills boʻyicha treninglar tashkil etiladi.
Shuningdek, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan har bir talaba qiz oʻzi uchun kuchli portfolio yaratish imkoniyatiga ega boʻladi. Dastur Yevropa standartlari asosida tuzilgan boʻlib, darslar koʻp yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan oʻtiladi. Kurs intensiv hisoblanib, mutlaqo bepul va qisqa vaqt ichida dasturchilar tayyorlash uchun moʻljallangan.