Ishtirok etish uchun yoʻnalishlar: veb-dasturlash, mobil dasturlash, raqamli marketing, veb-dizayn boʻyicha talablar:
Yoʻnalishlari uchun ariza topshiruvchilardan quyidagilar soʻraladi:
Ariza topshiruvchi oʻzi haqida ingliz tilida tayyorlagan 60 soniyalik video (majburiy). Video 60 soniyadan oshmasligi kerak.
Videoda quyidagi savollarga javob berilishi so‘raladi:
- Ism-sharifva oʻqish joyi;
- IT sohasidagi bilim va koʻnikmalar haqida maʼlumot;
- IT sohasida kelajak uchun qoʻygan reja va maqsadlar;
- Nega aynan ishtirokchi sifatida tanlanishi kerak?
- Dasturdan nimalar kutyayotganligi?
IT portfolio (ixtiyoriy)
- IT boʻyicha avval bajarilgan ishlarboʻlsa, havola yoki fayl koʻrinishida (koʻpi bilan 10 ta fayl) topshirish maslahat beriladi;
- IT portfolioga ega boʻlmagan qizlarning ham arizalari koʻrib chiqiladi.
STEM yoʻnalishi uchun ariza topshiruvchilardan quyidagilar soʻraladi:
- Fizika, kimyo va biologiya fanlaridan aʼlo baholarini tasdiqlash uchun reyting jadvalidan nusxa (PDF formatda);
- Sevimli mashgʻulotlar va kelajakdagi rejalar haqida ingliz tilida tayyorlangan 1 daqiqali video-intervyu;
- Loyiha ishi (video koʻrinishida): maket yasash yoki tajriba oʻtkazish jarayoni koʻrsatiladi. Video ish natijalari haqida batafsil maʼlumot berib, 2-4 daqiqadan tashkil topishi va erkin uslubda olinishi kerak.
Ariza toʻldirish ushbu link orqali amalga oshiriladi va 3-mart 23:59 gacha qabul qilinadi.