Tavsif
International Renewable Energy Agency (IRENA) tomonidan 16-35 yosh oraligʻidagi barcha uchun qayta tiklanadigan energiya boʻyicha xarajatlari toʻliq qoplanadigan global forum — IRENA Youth Forum: The New Generation of Decision Makers taqdim etiladi. Dastur doirasida jami 35 nafar ishtirokchi saralab olinishi rejalashtirilgan.
Forum Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti boʻlgan Abu-Dabi shahrida 2026-yilning 8-10-yanvar kunlari oʻtkaziladi.
Forum yoshlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi va ularni global yetakchilar, hukumat vakillari va IRENA ekspertlari bilan bogʻlaydi. Dasturdan asosiy maqsad iqlim oʻzgarishlarini oldini olish va shu yoʻlda amalga oshirilayotgan ishlarning barqaror rivojlanishini taʼminlash maqsadida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni jadallashtirishga hissa qoʻshishi uchun yoshlar uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Forum doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
- High level plenaries;
- Experts Debates & Roundtables;
- Workshops and Seminars;
- Interactive activities;
- Youth Circles;
- High Level Bilateral meetings.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.