Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi mukofot jamgʻarmasi 100 million soʻm boʻlgan “Unique Uzbekistan” nomli yosh fotograflar tanloviga start berdi.
Tanlovning maqsad va vazifasi:
Respublikadagi fotografiyaga qiziqadigan yoshlar oʻrtasida mamlakatimiz hududidagi diqqatga sazovor maskanlar, arxitektura yodgorliklari, milliy urf-odat va anʼanalarni oʻzida yoshlar obyektivlarida aks ettirgan “Unique Uzbekistan” yosh fotograflar uchun milliylikni targʻib qilish, yoshlarni oʻz ustida ishlashga yanada koʻproq jalb qilish, yoshlar va qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni qoʻllab-quvvatlash, yangicha yoʻnalishdagi tanlovlar turlarini ommalashtirish.
Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
- Inson va oila bu yoʻnalishda, fotograflar bir millatga xos urf-odat, anʼanalar, qadriyatlarni oʻzida aks ettirgan ijod namunalari bilan ishtirok etishi mumkin. Bir millatning oilaviy anʼanalari, insonlarining yuz qiyofalari aks etgan surʼatlar ham ayni shu yoʻnalishga qabul qilinadi.
- Mening shahrim (Qishlogʻim) bu yoʻnalishda fotograflar landshaftga oid ishlari bilan, yaʼni oʻzi istiqomat qilayotgan shahar(tuman, qishloq)ning diqqatga sazovor maskanlari, turistik hududlari, arxitektura namunalari, turli xildagi manzaralariga oid ijod namunalari bilan ishtirok etish imkoniyatiga ega.
- Jannatmakon Fargʻonam bu yoʻnalishda fotosuratchilar Fargʻonaning goʻzal maskanlarini oʻzida aks ettiruvchi surʼatlari bilan ishtirok etishi mumkin.
Tanlovni oʻtkazish joyi va vaqti:
- Tanlov ikki bosqichda onlayn tarzda oʻtkaziladi;
- Tanlov 2022-yil may-iyun oylarida oʻtkaziladi;
- Tanlov gʻoliblarini taqdirlash kuni va joyi Tashkiliy qoʻmita tomonidan eʼlon qilinadi.
Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumotga ega bo‘lish mumkin.