16-40 yosh oraligʻidagi barcha uchun Baku shahrida xarajatlari toʻliq qoplanadigan sammit — Young Public Diplomacy Summit 2025
Ozarbayjon Ozarbayjon
30 Yan, 2024 · Muddat tugagan

16-40 yosh oraligʻidagi barcha uchun Baku shahrida xarajatlari toʻliq qoplanadigan sammit — Young Public Diplomacy Summit 2025

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Strategiya va madaniy diplomatiya markazi (CSCD) 16-40 yosh oraligʻidagi barcha rassom, siyosatchi, ijodiy direktor, yosh faollar, changemakerlar, talabalar va tegishli sohalardagi mutaxassislar uchun Ozarbayjonning Baku shahrida xarajatlari toʻliq qoplanadigan Young Public Diplomacy Summit 2024 sammitini taqdim qilinadi. Sammit Ozarbayjonning Baku shahrida 2024-yil 1-martdan 3-martgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Dastur quyidagi modullar asosida olib boriladi:

1-modul: Public Diplomacy in 21st Century (XXI asrda xalq diplomatiyasi);

2-modul: Strategic Planning for Peacebuilding (Tinchlikni mustahkamlash uchun strategik rejalashtirish);

3-modul: Strategic Media and Intercultural Communication (Strategik ommaviy axborot vositalari va madaniyatlararo muloqot);

4-modul: Youth Leadership and Advocacy in Cultural Diplomacy (Madaniy diplomatiyada yoshlar yetakchiligi va uning targʻiboti);

5-modul: Innovation and Social Entrepreneurship in Third-Sector (Uchinchi sektorda innovatsiyalar va ijtimoiy tadbirkorlik);

6-modul: Climate Diplomacy and COP29 (Iqlim diplomatiyasi va COP29);

7-modul: From Vienna Convention to Berne Convention (Vena konvensiyasidan Bern konvensiyasigacha).

Maʼlumot uchun: Ushbu tadbir Strategiya va madaniy diplomatiya markazi (CSCD) tomonidan taqdim etilmoqda. Tadbirdan asosiy maqsad koʻproq yosh, oʻtkir aql sohiblari va yetakchilarni jalb qilish, ularni hamkorlikka chorlash hamda ragʻbatlantirishdan iborat. Bundan tashqari dastur tadqiqot va diplomatiya orqali turli madaniyatlarga mansub yoshlarni birlashtirishga eʼtibor qaratadi. Bunga asosiy sabab madaniyatlar oʻrtasidagi uygʻunlikni targʻib qilish va undagi farqlarni qadrlash orqali tinchlik oʻrnatishga qaratilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 16-45 yosh oraligʻidagi xalq diplomatiyasiga qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Nomzod diplomatiya, tinchlik oʻrnatish yoki tegishli sohalarga qiziqishi kerak;
  • Ishtirokchilar madaniyatlararo tushunish va hamkorlikni namoyish etishlari talab qilinadi.

Muhim: Ingliz tili boʻyicha til bilish sertifikatlari (IELTS, TOEFL) soʻralmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Eng yaxshi deb topilgan nomzod (1 nafar) uchun aviachipta, turar joy, konferensiyaga kirish, diqqatga sazovor joylarni koʻrish, kechki ovqat qoplanadi hamda tashkilot tomonidan rejalashtirilgan boshqa barcha imtiyozlar beriladi;
  • Moliyalashtiriladi: 5 nafar nomzod uchun turar joy, konferensiyaga kirish, diqqatga sazovor joylarni koʻrish, kechki ovqat qoplanadi hamda tadbir tomonidan tashkil etilgan barcha imtiyozlardan foydalanish imkoniyati beriladi;
  • Qisman moliyalashtiriladi: 15 nafar nomzod sammitning barcha imtiyozlaridan foydalanadi hamda 50% toʻlovdan ozod etiladi;
  • Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi;
  • Tajribali diplomatlar va turli xil kelib chiqishdagi yosh liderlar bilan uchrashish va fikr almashish imkoniyati;
  • Diplomatiya boʻyicha yetakchilik qobiliyati va madaniyatlararo muloqot koʻnikmalarni rivojlantirish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Pasport nusxa;
  • Nomzodning profili;
  • Toʻlov kvitansiyasi;
  • 300 ta soʻzdan iborat tarjimai hol.

Eslatma: Ariza topshirish uchun 15 AQSh dollar miqdoridagi bir martalik toʻlovni amalga oshirish kerak. Arizani toʻldirish davomida barcha kerakli savollarga toʻliq javob berish va umuman boʻsh joy qoldirmaslik kerak!

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 2024-yil 31-yanvar (01:00);
  • Оʼz hisоbidan qatnashish uchun  oxirgi muddat: 5-fevral, 2024;
  • Natijalar eʼlon qilinadi: 2024-yil 2-fevral;
  • Email: Contact@thecscd.org.

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali topish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 40

  • Jins

    Erkak, Ayol

Ozarbayjon 16-40 yosh oraligʻidagi barcha uchun Baku shahrida xarajatlari toʻliq qoplanadigan sammit — Young Public Diplomacy Summit 2025
30 Yan, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.