Tavsif
Madaniy diplomatiya va texnologiya sohasida oʻqiyotgan talaba hamda ishlayotgan mutaxassis va tadqiqotchilar uchun Kanadada xarajatlari qoplanadigan forum — Cultural Diplomacy and Technology Forum taqdim etiladi.
Forum 2025-yil oktyabr oyida Kanadaning Toronto shahrida oʻtkaziladi hamda unda jami 200 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar orasidan 30 nafar (10 tasi to’liq grant va 20 tasi qisman grant) saralangan nomzodga grant taqdim etiladi. Dasturda onlayn yoki oflayn tarzda qatnashish mumkin.
Ushbu forum madaniy diplomatiya va texnologiya sohasidagi yosh mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilar oʻrtasida fanlararo muloqot va hamkorlikni rivojlantirish uchun asosiy platforma boʻlib xizmat qiladi. Forumning asosiy maqsadi texnologiya va madaniy diplomatiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni oʻrganuvchi chuqur munozaralar va hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishdir. Dastur doirasidagi maʼruzalar Kanadadagi taniqli universitetlarning professorlari, hukumat vakillari hamda Kanadada faoliyat yurituvchi yetakchi texnologiya brendlarining vakillari tomonidan oʻtiladi.
Dasturda quyidagi mavzularda muhokamalar olib boriladi:
- Algorithms of Influence: Redefining Soft Power in the Digital Age;
- Cultural Diplomacy: Building Intercultural Dialogue Through Digital Engagement.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.