Tavsif
The Young Public Diplomacy Summit (YPDS) dasturi diplomatiyaga qiziquvchi, yosh va intiluvchan turli soha vakillari uchun 3 kunlik sammit eʼlon qiladi.
Ushbu dasturda ishtirokchilar bir qator puxta ishlab chiqilgan modullar orqali zamonaviy xalq diplomatiyasi amaliyotlari, mahalliy xalqlarning tutgan oʻrni, sanʼat va faollikning kesishuvi hamda madaniy aloqalarning asosiy rolini oʻrganishadi.
Sammit 2025-yil 6-8-aprel kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Dasturga nomzodlar 3 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi.
- Birinchi kategoriya dastur maʼmuriyati tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.
- Ikkinchi kategoriya qisman moliyalashtirilib, unga 15 nafar ishtirokchi saralab olinadi va dastur xarajatlarining 50 foizi toʻlab beriladi.
- Uchinchi kategoriya uchun esa xarajatlar ishtirokchilar tomonidan toʻlanadi va bu $650 tashkil etadi.
Barcha ishtirokchilarning turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi. Shuningdek, ularga bir qator imkoniyatlar yaratiladi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 22-fevralgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.