16-45 yosh oraligʻidagilar uchun Italiyada xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan xalqaro sammit — One World Summit
Italiya Italiya
04 May, 2025 · Muddat tugagan

16-45 yosh oraligʻidagilar uchun Italiyada xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan xalqaro sammit — One World Summit

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Global oʻzgarishlarni amalga oshiruvchilar uchun Italiyada xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan 4 kunlik sammit — One World Summit taqdim etiladi.

Ushbu dastur dunyoning turli burchaklaridan kelganlarga boshqa millatdagi hamfikr yetakchilar bilan birlashish, hamkorlik qilish va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Ishtirokchilar sammitda qatnashish orqali Buyuk Britaniyadagi bosh ofisda tashkilot bilan ishlash, yetakchilik qobiliyatini kengaytirish va global tashabbuslarda hamkorlik qilish huquqlariga ega boʻladi.

Sammit 2025-yil 28-iyuldan 31-iyulga qadar Italiyaning Milan shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur uchun saralash Buyuk Britaniya va Yevropa davlatlarining boshqaruv kengashi aʼzolaridan iborat rasmiy tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 16-45 yosh oraligʻidagi yetakchilar qatnashishi mumkin (talabalar, mutaxassislar, ijtimoiy ishchilar, yoshlar himoyachilari, sogʻliqni saqlash amaliyotchilari, siyosatchilar, trenerlar, huquqshunoslar, tinchlik elchilari, volontyorlar, intiluvchan yosh yetakchilar va ijtimoiy faollar);
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.
  • Nomzod sayohat qilish uchun haqiqiy pasportga ega boʻlishi kerak;
  • Jamiyatda ijtimoiy hayotda ijobiy oʻzgarishlar qilish uchun ishtiyoq koʻrsatish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur quyidagi usullarda moliyalashtiriladi:

1. Toʻliq va qisman moliyalashtirish:

  • Aviachipta xarajatlari qoplanadi (faqat toʻliq moliyalashtirish turi uchun);
  • Tadbir davomida ovqatlanish bilan taʼminlanadi;
  • Dasturda toʻliq qatnashish mumkin;
  • Maxsus taklifnoma yuboriladi;
  • Italiyaga borish uchun viza yordami koʻrsatiladi;
  • Tadbir mahsulotlari beriladi;
  • Rasmiy sertifikat bilan taqdirlanadi;
  • Xalqaro maʼruzachi sifatida nutq soʻzlash;
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotida oʻzini namoyish qilish;
  • Oʻz hikoyasini xalqaro jurnalda chop etish;
  • Yetakchilar bilan hamkorlik qilish;
  • Buyuk Britaniyadagi bosh ofisda amaliyot oʻtash yoki ishlash imkoniyati.

2.Oʻz-oʻzini moliyalashtirish yoki sammitga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish (£449 toʻlov evaziga):

  • Dasturda toʻliq qatnashish mumkin;
  • Rasmiy sertifikat bilan taqdirlanadi;
  • Maxsus taklifnoma yuboriladi;
  • Italiyaga borish uchun viza yordami koʻrsatiladi;
  • Tadbir mahsulotlari beriladi;
  • Rasmiy sertifikat bilan taqdirlanadi;
  • Xalqaro maʼruzachi sifatida nutq soʻzlash;
  • Yetakchilar bilan hamkorlik qilish;
  • Buyuk Britaniyadagi bosh ofisda amaliyot oʻtash yoki ishlash imkoniyati.

3.Rasmiy taklifnoma (£120 toʻlov evaziga):

  • Maxsus taklifnoma yuboriladi;
  • Italiyaga borish uchun viza yordami koʻrsatiladi;
  • Sayohat uchun yordam beriladi;
  • Dastur doirasidagi tadbirlarda toʻliq qatnashish imkoniyati.

Muhim: Tashkilotchilar joʻnatgan taklifnoma orqali Italiyaga borish uchun biznes viza olish kerak.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirish quyidagi bosqichlarga boʻlinadi:

  1. Shaxsiy maʼlumotlar;
  2. Nomzodning dasturda qatnashishdan motivatsiya va maqsadlari;
  3. Dastur shartlariga rozilik;
  4. Ariza uchun badal toʻlovi.

Eslatma: Ariza topshirish uchun 18.75 funt sterling miqdorida badal toʻlovi mavjud.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 4-may, 2025-yil (03:59);
  • Ariza natijalari 2025-yil 6-7-may kunlari eʼlon qilinadi;
  • Tel: +44 7928 575387;
  • Email: hello@edutourismforunity.org.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 45

  • Jins

    Erkak, Ayol

Italiya 16-45 yosh oraligʻidagilar uchun Italiyada xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan xalqaro sammit — One World Summit
04 May, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.